So’nggi yangiliklar

19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  3 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  7 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  6 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  26 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4

"Lokomotiv" imkoniyatni boy berdi va ... Yangiliklar

"Lokomotiv" imkoniyatni boy berdi va ...

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
OCHL. 5-tur. "C" guruhi
“LOKOMOTIV” – “AL HILOL” 1:2
21 aprel 2015. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 16:00
Bosh hakam: Nagor Amir bin Nur Muhammad (Malayziya)
Qanot hakami 1: Sivanesan Muniandi (Malayziya)
Qanot hakami 2: Mohd SHahren bin CHe Omar (Malayziya)
Zaxira hakami: Ali Reda (Livan)
Hakamlar eksperti: Ali Hamad Al Badvavi (BAA)
Komissar: Vinsent Yuen (Gonkong)

Gollar: Navaf Al Abid 56, - 0:1  Abdulla Al Dosari 73, - 0:2, Temurxo'ja Abduxoliqov 90+4 - 1:2

"Lokomotiv": 12.Mamur Ikromov, 3.SHavkat Mullajonov, 8.Sardor Mirzaev, 10.Marat Bikmaev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov 55 ), 13.Lutfulla To'raev (,99.Damir Koyashevich 76) , 16.Jasur Hasanov (kichik) (18.Temur Kapadze, 41), 17.Salim Mustafoev, 22.Sanjar SHoahmedov, 28.Ikrom Aliboev, 31.Nemanya Yanichich, 77.Jasur Hasanov (katta).
Zaxira: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Bobur Yuldashev, 7.Ruslan Koryan, 33.Oleg Zoteev,

"Al Hilol": 1.Xolid SHarahili, 4.Abdulla Al Dosari, 7.Tiago Neves, 12.Yosir Al SHahroni, 13.Salman Al Faraj, 14.Saud Kariri, 23.Kvak Tae Xvi, 24.Navaf Al Abid, 26.Digao, 29.Salim Al Davsari, 70.Muhammad Jahfali.
Zaxira: 28.Abdulloh Al Sdayri, 9.Hamad Al Hamad, 10.Muhammad Al SHlhub, 16.Yusuf Al Salim, 17.Abdulloh Al Hafiz, 25.Faysal Darvish, 35.Ahmad SHarahili.

                                   MATNLI TRANSLYACIYA
                                          

90+4.  Uchrashuv yakunlandi.
"Lokomotiv" o'z maydonida "Al Hilol"ga imkoniyatni boy berdi. Bir vaqtlar "Mashal" ushbu klubni Qarshida mag'lub etgan edi.

90+4.  GOOOLLL. Temurxo'ja Abduxoliqov gol kiritdi. Afsuski bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi.

90+4. Ogohlantirish:
Temurxo'ja Abduxoliqov va Digao ogohlantirildi.

O'yin yakunlanishiga kam qolganda stadionda futbolchilar o'rtasida kichik kelishmovchilik kelib chiqdi. O'yin to'xtab turibdi.

90+2. Xavfli vaziyat !
"Lokomotiv" hisobni qisqartirishi mumkin edi. Koyashevich birga biz vaziyatdan foydalana olmadi.

90.
Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86.
O'zgarish. Salim ad-Dovsariy o'rniga Muhammad ash-SHalhub tushdi

"Paxtakor" yarim himoyachisi va sardori Kaxi Maxaradze o'yinni stadionda kuzatib bormoqda. Demak ertaga Kaxi jamoasiga yordam bera olmaydi.

84. O'zgarish.
Navaf Al Abid  o'rniga maydonga Yusuf Al Salim tushdi.

80.
Sardor Mirzaevning jarimadan ijro etgan zarbasi juda ham noaniq.

76. O'zgarish.
"Lokomotiv". Lutfulla To'raev o'rniga Damir Koyashevich tushdi

73. GOL! Navaf Al Abidning pasidan so'ng Abdulla Al Dosari chap qanotdan jarima maydoniga kirib borib gol urdi - 0:2

70.
"Lokomotiv" vakillari to'pni bir birlariga uzatib turishibdi. SHoahmedov to'pni o'ngga Ikromga uzatdi, Aliboev charchagani ko'rinib qoldi

68. Ogohlantirish. "Al Hilol".
Saud Kariri

67. Mehmonlar yana bir jarima to'pini amalga oshirishdi. Salmon Al Farajning zarbasi darvoza TO'SINIga tegib qaytdi!

64.
Yanichich raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi. Jarima to'pini Neves amalga oshirdi, noaniq! 

63. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Qanday ajoyib zarba! Sardor Mirzaevning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi salgina noaniq chiqdi!

62.
"Loko" gol o'tkazgan katta kuch bilan hujumga o'tmoqda, Aliboevning o'ng qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

59.
Kariri Mustafoevni yiqitdi, hakam jarima to'pi belgiladi. Biroq kartochka yo'q

56. GOL! 0:1. Tiago Nevesning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, darvoza yonida turgan Navaf Al Abid to'pni darvozaga yo'lladi...

55. O'zgarish. "Lokomotiv".
Marat Bikmaev o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov tushdi

54. ZARBAAAAA!!! Jasur Hasanovning ajoyib pasidan so'ng Ikrom Aliboev darvozaga zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi!

52. ZARBA!!!! Hasanov yana chap qanotdan to'pni oshirdi, Bikmaev to'pni darvozaga yo'lladi, noaniq!

51.
Jasur Hasanov chap qanotdan to'pni oshirdi, himoyachilar SHoahmedovga to'p borishiga imkon berishmadi

49.
Mehmonlar burchak to'pini ishlab olishdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi, Kvak Tae Xvining zarbasi noaniq chiqdi

49. ZARBA! Sanjar SHoahmedovning zarbasidan so'ng posbon to'pni ushlab oldi!

48.
Yana bir hujum, qanotdan uzatilgan to'pni himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, "Loko" taymni hujumkor boshladi.

47. ZARBAAAAAAAAA! Jasur Hasanovning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qaytardi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45+2.
Birinchi bo'lim tugadi

45+1. Yanichich raqib futbolchisiga nisbatan xavfli o'ynadi. Hakam erkin zarba belgiladi. Nevesning uzatgan to'pini Kariri darvozaga yo'lladi, juda xavfli lekin noaniq zarba...

45.
Dastlabki bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

44. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Sardorning kuchli va aniq zarbasini darvozabon mushtlari yordamida qaytarib yubordi, "Loko"ning o'yindagi dastlabki xavfli va aniq zarbasi!

43.
Raqiblar yana Mustafoevni yiqitishdi. Jarima maydoniga yaqin joyda jarima to'pi tepiladi. Mirzaev to'p yonida

42. ZARBA! Salim Mustafoevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi

41. O'zgarish. "Lokomotiv".
Kichik Jasur Hasanov o'rniga Temur Kapadze tushdi

40.
Maydonga Kapadze tushishga tayyor...

39.
Tiago Neves o'yindan tashqari holatda turib zarba berdi, noaniq. Hakamlar bu vaziyatda raqib futbolchisini og'izaki ham ogohlantirishmadi

38. ZARBA! Al Davsari uch nafar himoyachidan o'tib ketdi va jarima maydoni ichiga kirib bordi, uning yakuniy zarbasi noaniq ketdi

37.
Kariri oldinga to'p uzatdi, Al Abid to'pga eta olmadi

36.
Jarima to'pini Mirzaev Hasanovga uzatdi, Jasurning to'p uzatishini himoyachilar qaytarishdi

35.
Salim Mustafoev ilk bor chap qanotdan oldinga o'tdi, uni Salim Al Davsari yiqitdi. Jarima to'pi

33. "Bu sizlarga O'zbekiston chempionati emas, yuguringlar!", - degan hayqiriq stadiondagi muxlislar orasidan chiqdi

32.
Ikrom Aliboev ancha faol lekin to'p uzatishlarda ko'p noaniqlikka yo'l qo'ymoqda. SHoahmedovning pasidan so'ng katta Hasanov oldinga o'tdi, Yosir Al SHahroni unga imkon bermadi 

29. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Raqibning hujumidan so'ng Tiago Neves birga bir vaziyatga chiqib bordi, uning zarbasi yo'liga Yanichich to'g'anoq bo'ldi!

28.
"Lokomotiv" hujumga o'tmoqda, ammo yakuniy zarba berish uchun pas yo'q, jarima maydoniga etib borib to'p orqaga uzatilmoqda, muxlislarga bu tabiiyki yoqmayapti

27.
"Al Hilol" bosh murabbiyi maydon chetida o'z shogirdlariga qattiq qattiq tarzda ko'rsatma berib turibdi

26.
Endi Bikmev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

24.
Neves o'yindan tashqari holatda turib noaniq zarba berdi. 

23.
Tiago Neves raqib safida faolligi bilan ajralib turibdi, lekin baribir oyog'i og'riyotgani bilinib turibdi.

20.
Ayni paytga kelib stadion 60-70 foizga to'ldi

19.
O'ng qanotdan ikkita Hasanov hujum qilishga urinishdi, noaniq pas tufayli hujum to'xtadi

17.
ZARBA! To'p aaaanchagina yuqoridan ketdi...juda ham noaniq zarba

17.
Sardor Mirzaev o'ng qanotdan jarima to'pi ishladi. Jasur Hasanovning kattasi to'p yonida

15.
Ikrom Aliboev markazda Digaoni yiqitdi, hakam Ikromni og'izaki tarzda ogohlantirdi. "Nima qilasan raqibni tepib, koptokni tep" dedi shekilli

11.
Ikkala jamoa ham ko'p bor to'p uzatishlarda xatoga yo'l qo'yishmoqda.

9.
Mezbonlarning hujumi, kichik Jasur Hasanovning o'ng qanotdan oshirgan to'pi darvozabonga nasib qildi

7.
CHap qanotdan mehmonlar hujum qilishdi, Al Dosari to'pni sheriklariga oshirishda xatoga yo'l qo'ydi, Ikromov o'z o'rnida

5. ZARBA! Mehmonlar safida Salim Al Davsari zarba berdi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi!

5.
Burchak to'pidan so'ng Aliboev, SHoahmedov zarba berdi, to'p darvozaga etib bormadi

4.
Katta Hasanovning faolligi evaziga burchak to'pi ishlab olindi. Sardor Mirzaev to'p yonida

3.
Sanjar SHoahmedov maydon markazida to'pni egallab Bikmaev sari oshirdi, Marat hujumni o'ng qanotdan davom ettirishga urindi. O'xshamadi...

2.
Dastlabki daqiqalarda jamoalar bir birlarini o'rganishmoqda deyish mumkin.

1. O'YIN BOSHLANDI! "Lokomotiv" OLG'A!

- Aytgancha sizlar bilan yaqin soatlar ichida Narzulla Saydullaev birga bo'ladi.

- O'yinni "Al Hilol" futbolchilari boshlab berishadi, "Loko" dastlabki bo'limda chap tomonda o'ynaydigan bo'ldi.

- "Loko" oq, "Hilol" ko'k rangli formada o'ynaydi.

- Diqqat qiling jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.


- Stadionga muxlislarning tashrifi u qadar yuqori emas, uchrashuv boshlanishiga 30 daqiqa vaqt qoldi

- "Al Hilol" safida hujumchi Nosir Al SHamroni diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi.

- Ayni paytda ikkala jamoa futbolchilari o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari, "Lokomotiv" stadionidan reportajimizni boshlaymiz! Bugun "Lokomotiv" o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qiladi. 

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика