So’nggi yangiliklar

08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  0 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  1 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  11 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  2 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  6 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  15 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0

"Lokomotiv" himoyasi, kubok o'yinlariga bo'lgan maqsad, Jasur Jaloliddinov haqida - Otabek G'ulomxo'jaev ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Lokomotiv" himoyasi, kubok o'yinlariga bo'lgan maqsad, Jasur Jaloliddinov haqida - Otabek G'ulomxo'jaev ishtirokidagi matbuot anjumani

O'zbekiston Kubogining 1-turi doirasida "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Andijon" bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. SHiddatli, kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Raqiblarning shunday o'yin ko'rsatishini kutgandik. CHempionatning boshida jamoaning o'yini o'xshamadi. Keyinchalik ketma-ket ikki g'alabani qo'lga kiritdi. Jamoa asta-sekin oldingi holatiga qaytayotganligi ko'rinib turibdi. O'yinga yaxshi tayyorlandik. O'zimiz vaziyatlardan foydalana olmaganimizdan keyin qo'pol xatoga yo'l qo'ydik.

- Kubok o'yinlarida jamoaning oldiga qandaydir vazifa qo'yilganmi?
- Imkon qadar oldinroqqa borish. Minimal vazifamiz - guruhdan chiqish. Pley-offda qancha ko'p yutsak, shuncha yaxshi. Bu o'zimizga ham foydali.

- Futbolchilarga motivaciya etishmayotgandek. Jamoaning birinchi bo'limdagi o'yinida temp ko'rinmadi.
- Bu endi ichki muhitga ham bog'liq. Tarkibimizda yaxshi futbolchilar juda ko'p. Ular orqali o'yinni yo'lga qo'yib olish kerak. Umuman olganda tarkibdagi ko'plab yoshlar mening qo'l ostimda tarbiya topgan. Ular meni hali ham yoshlikdagi murabbiyi, o'zini yosh bola deb hisoblamoqda. Qaerdadir biroz qattiq gapirsangiz, xafa bo'lib olishadi. SHu o'yinlarda chempionatda o'ynamayotgan futbolchilarga imkoniyat berilmoqda. Karim ham, Jamshid ham o'ynadi. Ular ham tarkibda raqobat qilishi, shakllanishi kerak. Agarda ularning o'yinlari o'xshaganida balki, navbatdagi o'yinlarda asosiy tarkibda bo'lishi mumkin edi. Biroq ularning o'yinlari meni xayron qoldirdi. Lekin ularni ayblamayman. Ular asosan yoshlar jamoamiz tarkibida o'ynashayotgandi. Qachon asosiy tarkibda tushganini ham eslay olmayman. Birinchi bo'limda raqiblarning hujumlariga turib berishimiz kerak edi. Hujumlarni ikkinchi bo'limga olib qo'ygandik. Ikkinchi bo'limda yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq bundan foydalana olmadik. Yosh bolalarcha qo'pol xatolar qildik. Himoyachilar, darvozabon ham xatolar qilishdi. Javohirni ham qachon asosiy tarkibga qo'yganimni eslay olmayman. Ikkinchi gol ham bizning xato evaziga kirib ketdi. Usmonali yarim qadam tashlaganida to'p bizniki bo'lardi. Yo'q. Unday bo'lmadi. Tajriba etishmayapti.

- Jasur Jaloliddinovga nimadir etishmayapti. "Lokomotiv" kabi top-jamoalar kelganida aynan u o'yinni o'z qo'liga olishi kerak emasmi?
- Jasur harakat qilmoqda. Ammo u "Loko"da faqatgina mashg'ulot qildi, o'yinlarda qatnashgani ham yo'q, imkoniyat ham berishmadi. "Tambov"da ham shunday bo'ldi. Jasurni tarafini ham olavermayman. Ammo uning boshidan o'tganini men bilaman. Uni chuqurlikdan olib chiqish kerak. Barchamiz uni ezaversak qanday bo'larkin? Uning oldida O'zbekistonning boshqa jamoalaridan takliflar bor edi. Jasur sekin-sekin o'ziga kelib oladi. Bu borada u bilan gaplashib olganman. U hamma gaplarni aytgan. Ha, uning etakchilik qobiliyati bor. Ammo Jaloliddinovning yoshini ham inobatga olish kerak. Hali 19ga ham to'lmadi.

- Gollar haqida. Asosan standartlardan gol urilmoqda. Demak, hujumchilarda muammolar bor.
- Bu borada ham ishlash kerak. Doniyor Abdumannopovning individual harakatlari evaziga qarshi hujumga o'tib ketdik va penalti ishladik. Ungacha ham yaxshi, o'ylangan kombinaciyalarimizni amalga oshirayotgandik. O'tgan 4 kun davomida faqatgina darvoza yonida mashg'ulot o'tkazdik. Mashg'ulotda barcha gol uradi. Ammo shuni o'yinga olib chiqa olmayapmiz. Menimcha bu omadga ham bog'liq.

- So'nggi laxzalarda qizg'anchiqlik qilishayotgandek.
- Unday bo'lmayapti. Agarda shunday bo'lsa, men futbolchilarga tanbex beraman. Messi ham so'nggi o'yinlarda ko'p aldamoqda, ammo pas ham beradi. Futbolchilar uchinchi zonaga kirganda yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Ammo jarima maydonchasi ichida pas o'ynagan futbolchilarni juda yomon ko'raman. Zich himoyadan o'tish uchun uzoqdan zarba yoki individual mahorat kerak bo'ladi. Bugungi "Loko"ning himoyasidan o'tish uchun esa pas emas, individual jihatdan yuqori sifatga ega bo'lgan futbolchilar kerak edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика