"Lokomotiv" Gomel bilan durang o'ynadi
16 iyu 2017 19:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/264598_original.jpg)
![](/upload/storage/264598_220.jpg)
"Lokomotiv" Gomel bilan durang o'ynadi
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Minskdagi yig'ini davomida navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.
"Temiryo'lchilar"ga ushbu o'yinda "Gomel" jamoasi raqiblik qildi.
O'yinning 40-daqiqasida "Gomel" futbolchisi Afoakva gol kiritib raqib jamoani oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada esa "Loko" hujumchisi Murod Bobojonov muvozanatni tikladi. 1:1 hisobi o'yin yakunigacha saqlanib qoldi.
Jamoalar o'yinni quyidagi tarkib bilan boshladilar:
"Gomel": Kovalev, Aydov, Yudenkov, Koncevoy, Tesak, CHmyrikov, Batishhev, Soro, Elezarenko, Teslyuk, Dikson.
"Lokomotiv": Nesterov, Kone, Fayziev, Muhammadiev, Zoteev, Abdullaev, Kapadze, Aliboev, Masharipov, Mirzaev, Amonov
"Gomel" - "Lokomotiv" 1-1
Gollar: Afoakva 40 - Bobojonov 70.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar