"Lokomotiv": Futbolchilarimiz ikki tarkibga bo'linib o'yin o'tkazishdi

Narzulla Saydullayev
9 fev 2016, 22:40
Tayyorgarlikni Dubayda davom ettirayotgan asosiy tarkib futbolchilari ikki jamoaga bo'lgan holda navbatdagi bellashuvda maydonga tushishdi.

Bunday uchrashuv Amirlik safari oldidan Toshkentda ham bo'lib o'tgandi.

Katta Jasur Hasanov biroz betobligi bois mazkur bellashuvda ishtirok eta olmadi. Yarim himoyachi Xitoy klublariga qarshi oldindagi bellashuvlarda maydonga qaytishi kutilmoqda. Qolgan barcha futbolchilar ikki tarkibga ajratib chiqildi.

O'yinda Marat Bikmaev hamda Server Jeparov tomonidan kiritilgan gollarga “Oqlar” safida to'p surgan futbolchilar javob qaytara olishmadi. Yodingizda bo'lsa Server Jeparov Toshkentdagi o'zaro o'yinda ham gol muallifiga aylangandi.

Ertaga “Lokomotiv” Xitoyning “Xanjou Grintaun” klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

LOKOMOTIV (qizillar) – LOKOMOTIV (oqlar) 2:0
Gollar: Marat Bikmaev, 2 (1:0). Server Jeparov, 10 (2:0).
“Qizillar”: Ignatiy Nesterov - Oleg Zoteev, Nemanya Yanichich, Islom To'xtaxo'jaev (Timur Kapadze, 46), Sherzod Fayziev - Sadriddin Abdullaev, Ikrom Aliboev, Server Jeparov, Sardor Mirzaev - Marat Bikmaev, Sarvar Karimov
“Oqlar”: Mamur Ikromov - Salim Mustafoev, Quvondiq Ro'ziev, Xurshid Muxtorov, Jasur Hasanov_16 - Sergey Proxorov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Shoahmedov - Timurxo'ja Abduholiqov, Doniyor Usmonov, Mirto'ra Akbarov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz