“Lokomotiv” futbolchilari onkologiya ilmiy markazida davolanayotgan bolalarga Yangi Yil sovg'alari ulashdi FOTO
29 dek 2016 17:36
Yangiliklar
“Lokomotiv” futbolchilari onkologiya ilmiy markazida davolanayotgan bolalarga Yangi Yil sovg'alari ulashdi FOTO
SHu sababli bugun mamlakatimizning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi vakillari O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo'limiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad – bemor bolakaylarga sovg'alar ulashib, ularning ko'nglini ko'tarish edi.
Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo'limida davolanayotgan bolajonlarni Timur Kapadze, Mamur Ikromov, Sergey Proxorov, Marat Bikmaev, Ikrom Aliboev, Ignatiy Nesterov kabi futbolchilar, jamoa mamurlari Baxtiyor Ismoilov hamda Ulug'bek Usmonxo'jaev, shifokor Abror Pirriev hamda klub matbuot xizmati vakillarining tashrifi juda xursand qildi.
Mehmonlar bolajonlarga Yangi Yil sovg'alari ulashishdi va ularning tezroq shifo topishlarini niyat qilishdi.
Fikrlar