"Lokomotiv" futbolchilari "Driver‘s Village" tadbirida ishtirok etishdi
30 apr 2021 19:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634697_original.jpg)
![](/upload/storage/634697_220.jpg)
"Lokomotiv" futbolchilari "Driver‘s Village" tadbirida ishtirok etishdi
"Driver‘s Village" MCHJ bosh direktori Farrux Abdullaev, bosh menejer Botir Ismoilov hamda "Lokomotiv" futbol klubining marketing ishlari bo'yicha bosh direktor o'rinbosari SHohruh Hojimetov tashabbusi bilan o'tkazilgan tadbirda "Driver‘s Village" ofisiga tashrif buyurib, avtomobil xarid qilgan hamyurtlarimizga tashkilot va "Lokomotiv" PFK vakillari tomonidan mashinalar kaliti taqdim etildi.
Ushbu tadbirda asosiy jamoamiz futbolchilari - Marat Bikmaev, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Diyor Turopov, Javohir Ilyosov, Azizbek Amonov, Islom Qobilov, Javohir Alijonov hamda darvozabonlarimiz murabbiy Daniel CHabrera ishtirok etishdi.
Xabaringiz bor, o'tgan yilning dekabr oyida "Lokomotiv" PFK hamda "Driver‘s Village" o'rtasida o'zaro hamkorlik shartnomasi imzolangandi. 2020 yilning 7 dekabridan beri "Driver‘s Village" MCHJ futbol klubimizning biznes hamkori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar