Lokomotiv futbol klubi OCHL-2014 uchun akkreditaciya jarayoni boshlanganini malum qiladi
17 jan 2014 10:43
Yangiliklar


Lokomotiv futbol klubi OCHL-2014 uchun akkreditaciya jarayoni boshlanganini malum qiladi
Dastlabki uchrashuv Toshkentda, Quvayt SK(Quvayt) - Ash-SHabob (Iroq) klublari o'rtasidagi o'yini g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
O'zbekiston
klublari ichida Toshkentda OCHL baxslarini birinchi bo'lib boshlaydigan Lokomotiv futbol
klubi matbuot xizmati Osiyo CHempionlar ligasi uchun akkreditaciya jarayoni boshlanganini
malum qiladi.
Pley-off bellashuvlarini bevosita Paxtakor stadioni media tribunasidan
kuzatishni xohlagan barcha OAV xodimlari mazkur hujjatlarni taqdim etishlari shart:
- Ish joyidan jamoa matbuot xizmatiga rasmiy xat, pasport nusxasi, 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurat.
SHuningdek, OFK tomonidan belgilangan qoidaga ko'ra, har bir jurnalist
maxsus anketani to'ldirishi kerak. Anketani hujjatlarni topshirish uchun kelganda
to'ldirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Osiyo CHempionlar ligasi uchun akkreditaciya
jarayoni bugungi sana 17 yanvardan to 1 fevralga qadar davom etadi.

Fikrlar