“Lokomotiv” ertaga yangi futbolchilarini ommaga tanishtiradi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2017, 15:34
Davralar oralig'iga musobaqa jadvali peshqadami sifatida yo'l olgan “Lokomotiv” ikkinchi davrani ham ko'tarinki ruhda o'tkazib, o'tgan yilgi muvaffaqiyatlarni takrorlash niyatida.

Shu boisdan jamoa davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirishga ham alohida e'tibor qaratdi. Natijada “temiryo'lchilar” safida bir qator yangi futbolchilar paydo bo'ldi. Jumladan, “Lokomotiv” nigeriyalik hujumchi Olabiran Blessing Muyiva, yosh istedod egalari – Bobir Davlatov hamda Idris Bikmaykin bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, tajribali mutaxassis Andrey Fyodorov jamoamiz murabbiylar shtabida ish boshladi.

Ertaga “Lokomotiv” davralar oralig'ida jamoaga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazadi. Taqdimot marosimi “Lokomotiv” stadioni matbuot anjumanlar zalida bo'lib o'tadi. Uning boshlanish vaqti – 12:00.

Yangi o'yinchilarimizning tanishtiruv marosimiga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz