So’nggi yangiliklar

09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  0 08:50Ўртоқлик учрашувлари. "Тоттенхем" "Нюкасл" билан, "Аякс" эса "Монако" билан дуранг ўйнади. "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12

"Lokomotiv" ertaga birinchi davraning oxirgi o'yinini o'tkazadi Yangiliklar

"Lokomotiv" ertaga birinchi davraning oxirgi o'yinini o'tkazadi

Teglar :  LokomotivQizilqum
Ertaga, 28 iyul kuni oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Xabaringiz bor, bu o'yin bazi sabablarga ko'ra o'z vaqtida o'tkazilmay keyinroq muddatga qoldirilgandi.

Demak, ertaga TTYMI stadionida bo'lib o'tadigan bahs soat 20:00da boshlanadi. Uchrashuvni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
 
28 iyul. Oliy liga. 13-turning qoldirilgan uchrashuvi
LOKOMOTIV - QIZILQUM

Boshlanish vaqti
- 20:00. TTYMI stadioni.

Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
PFL vakili: A. Inoyatov.

Turnir jadvalidagi o'rni: "Lokomotiv" 2-o'rinda (36 ochko), "Qizilqum" 6-o'rinda (23 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 13 ochko.

Tarif: Birgina shu o'yinni hisobga olmaganda oliy liganing birinchi davrasidan o'rin olgan barcha uchrashuvlar o'z yakuniga etib bo'lgan. Har ikkala jamoa ham mazkur bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Jamoalar safida bir nechta o'zgarishlar yuz berdi. "Loko" o'z tarkibini Artur Gevorkyan evaziga kuchaytirgan bo'lsa, "Qizilqum" Vohid SHodiev, Erkin Boydullaev, Nemanya Yovanovich kabi futbolchilar bilan shartnoma tuzdi. Ertaga muxlislarni qiziqarli bahs kutmoqda deya olamiz.  

Fakt: O'z maydonida shu paytgacha oltita o'yinda maydonga tushgan "Lokomotiv" shundan beshtasida g'alaba qozonib, faqat bir bor durang o'ynadi. Jamoa o'z uyida kechgan bellashuvlarda 15ta gol urishning uddasidan chiqqan. "Qizilqum" esa safarda oltita bahsda ishtirok etib, shundan ikkitasida g'alaba qozongan. Ikki bor durang o'ynab, yana shuncha mag'lub bo'ldi.

Fakt: "Lokomotiv" oxirgi to'rtta uchrashuvning ikkitasida g'alaba qozonib, ikki bor durang o'ynadi. "Qizilqum" esa oxirgi to'rtta o'yinning faqat bittasida g'alabaga erishdi, ikki bor durang o'ynab, bir marta yutqazgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика