So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  6 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

"Lokomotiv": Erkin Saidovdan Turkiya safari taassurotlari Yangiliklar

"Lokomotiv": Erkin Saidovdan Turkiya safari taassurotlari

Toshkent, 2 aprel - Saytimiz orqali xabar berib o'tganimizdek, 23-29 mart kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bolalar o'rtasida "Turkish Holidays" deb nom olgan futbol festivali tashkil etildi.
"Lukoil" homiyligi ostida o'tkazilgan bu festivalda "Lokomotiv" futbol maktabining to'rt xil yoshdagi guruhi ham ishtirok etib, yakunda sovrindor bo'lishdi.

Xususan "Lokomotiv-2003" chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, "Lokomotiv-2000", "Lokomotiv-2004" va "Lokomotiv-2006" uchinchi o'ringa ega chiqishdi. Ayni paytda 2000 va 2003 yillarda tug'ilgan futbolchilarimizga Alisher Bozorov, 2004 yilgi futbolchilarimizga Dilshod Otamuhammedov va 2006 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilarimizga Sunnat Ro'ziev murabbiylik qilmoqda. Futbolchilarimiz Turkiyadan qaytib kelgach, "Lokomotiv" futbol maktabi direktori Erkin Saidovdan taassurotlar haqida so'radik.

- Bu musobaqa ananaviy tarzda har yil o'tkazib kelinadi. "Lukoil" kompaniyasining bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha o'z dasturi bor va shu dasturga muvofiq ular har yili bolalar o'rtasida festivallar tashkil etib turishadi. Bu yil barcha ishtirokchilar bitta mehmonxonada istiqomat qilishdi. SHaroitlar alo darajada bo'ldi. 2003 yilda tug'ilgan futbolchilarimiz o'tgan yil ham shu musobaqada qatnashib, ikkinchi o'rin bilan qaytgandik. Bu safar esa chempion bo'lish nasib etdi.

- Ammo gap bu erda natija ko'rsatishda emas. CHunki ketayotganimizda oldimizga hech kim vazifa qo'ygani yo'q. Maqsad - bolalarning dunyoqarashini shakllantirish bo'ldi. Mana shunday xalaqaro darajadagi musobaqalar qancha ko'p o'tkazilsa, bolalar uchun shuncha yaxshi. "Lokomotiv" futbolchilari tashkilotchilarda iliq taassurot qoldirishdi. SHu yilning iyun oyida "Lukoyl bolalar chempionlar ligasi"ning saralash bahslari o'tkaziladi. Bunga ham bizni taklif etishdi. Bundan tashqari, "Galatasaroy" futbol akademiyasiga ham ish o'rganish hamda tajriba almashish uchun taklif qilishdi. Umuman olganda, festival maktabimiz tarbiyalanuvchilari uchun har tomonlama foydali bo'ldi. Fursatdan foydalanib, bizga shunday sharoit yaratib bergani uchun klubimiz rahbariyati hamda homiylarga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

















Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика