So’nggi yangiliklar

02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  2 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  5 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24

"Lokomotiv" - "Buxoro". O'zaro o'yinlar Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Buxoro". O'zaro o'yinlar

Teglar :  LokomotivBuxoro
Superliga 30-turining qiziqarli bellashuvlaridan biri “Lokomotiv” o'yingohida bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekistonning 2 karra chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Buxoro” klubini mehmon qiladi.  O'yin bugun soat 17:00da start oladi.

SHu o'rinda ushbu ikki jamoaning o'zaro uchrashuvlari tarixiga etibor qaratadigan bo'lsak,  “Lokomotiv” shu paytga qadar “Buxoro”ga qarshi 27ta bahs o'tkazgan.  O'zaro o'yinlarda katta ustunlik poytaxtliklar tomonida. “Lokomotiv” ushbu jamoani umumiy 16 marta mag'lub etgan. “Buxoro” “Loko”ni 6 marta dog'da qoldirgan bo'lsa, qolgan 5 o'yin durang bilan yakun topgan.

“Loko” futbolchilari ushbu raqib darvozasini hozirgacha 51 marta ishg'ol etishga muvaffaq bo'lishgan.  Toshkentliklar o'z darvozasidan esa 31 bor to'p o'tkazib yuborgan.

“Lokomotiv”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi 2013 yilgi mavsum birinchi davrasida qayd etilgan – 5:1.

“Temiryo'lchilar” o'z maydonida “Buxoro” bilan o'tgan 13 bahsning 10tasida g'alaba qozongan bo'lsa, 3 marta mag'lubiyatga uchragan. “Lokomotiv” Toshkentda “Buxoro” bilan durang qayd etmagan.

O'tgan bosqichdagi “Lokomotiv” stadionida kechgan bahs 3:1 hisobida yakunlangandi. “Buxoro” maydonidagi o'yinlar ham “Loko”ning g'olibligi bilan yakunlangan – 1:3, 0:1.

Fakt: “Lokomotiv” ikkinchi bosqichda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.

“Lokomotiv” milliy chempionat doirasida o'z maydonida o'tgan so'nggi 18 bahsda yutqazmadi.

“Buxoro” bu mavsum safarda o'tgan 14 o'yinning faqatgina 3tasida g'alabaga erishgan. Jamoaning so'nggi safar g'alabasi 29 iyul kuni “Qizilqum” maydonida qo'lga kiritilgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика