“Lokomotiv” “Buxoro” bilan o'yindan keyingi tiklanish mashg'ulotini o'tkazdi FOTO
29 iyu 2017 21:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/267559_original.jpg)
![](/upload/storage/267559_220.jpg)
“Lokomotiv” “Buxoro” bilan o'yindan keyingi tiklanish mashg'ulotini o'tkazdi FOTO
Xabar berganimizdek, kecha “Lokomotiv” mamlakat kubogi chorak final o'yinlari doirasida “Buxoro”ga qarshi javob o'yinini o'tkazdi.
Anchagina qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda 3:0 hisobida zafar quchgan toshkentliklar bugun mazkur o'yindan keyingi tiklanish mashg'ulotini o'tkazishdi. Mashg'ulot avvalida barcha engil yugurib oldi. So'ngra chigalyozdi mashqlari bajarildi. Keyin esa to'p bilan muomala mashqlari o'taldi.
Kechagi uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilar nisbatan engilroq shug'ullanishgan bo'lishsa, qolgan barcha to'liq hajmdagi mashqlar jamlanmasini bajardi.
Quyida mashg'ulot jarayonidan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar