So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

“Lokomotiv” bugungi o'yinga tayyor Yangiliklar

“Lokomotiv” bugungi o'yinga tayyor

Oliy ligada chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” bugun mavsumning muhim bahslaridan birini o'tkazadi. “Temiryo'lchilar” safarda “Paxtakor”ga qarshi to'p tepishadi.

Ayni paytda oliy liga turnir jadvalida “Paxtakor” birinchi, “Lokomotiv” ikkinchi o'rinda bormoqda va bu jamoalarni ikki ochko ajratib turibdi. Agar “Lokomotiv” mazkur bahsda g'alaba qozongudek bo'lsa, turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oladi.

Jamoamiz bugungi bellashuvga jiddiy hozirlik ko'rdi. Hujumchimiz Marat Bikmaev aytganidek, har kungi mashg'ulotlar qiyin kechdi va tayyorgarlik shunga yarasha olib borildi. Endi esa o'yinda maydonga tushib g'alaba qozonish qolyapti.

Bugungi uchrashuvni mamlakatimizning eng kuchli hakamlaridan biri Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Eslatib o'tamiz, birinchi davradagi “Lokomotiv” stadionida kechgan bahsni ham aynan shu hakam boshqargan va bunda “Lokomotiv” 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Biz bugungi o'yinda ham Vadim Abramov shogirdlaridan faqat va faqat g'alaba kutib qolamiz. SHunda turnir jadvalida yana birinchi o'ringa ko'tarilib olamiz.

Eslatib o'tamiz, bugungi bahs “Paxtakor” markaziy stadionida bo'lib o'tadi va o'yin 17:30da boshlanadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика