"Lokomotiv" bugun ochkolari sonini 400tadan oshiradimi?
24 okt 2014 11:23
Yangiliklar

"Lokomotiv" bugun ochkolari sonini 400tadan oshiradimi?
Bugun oliy liganing 24-turidan o'rin olgan ilk uchrashuv bo'lib o'tadi.
Toshkentdagi "Lokomotiv" stdaionida "Lokomotiv" va "Dinamo" o'rtasidagi bahs tashkil etiladi.
"Temiryo'lchilar" shu kunga qadar oliy liga 273ta o'yin o'tkazib 114 marta g'alaba qozonishgan. 56 bor durang qayd etgan va 103 bor imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati: 393:359. Mana shu uchrashuvlarda "Loko" jami 398 ochko to'plagan.
Demak agar bugun Vadim Abramov shogirdlari g'alaba qozonishsa ochkolari soni 400tadan oshadi. Hozirga qadar 14ta klub ushbu natijaga erishgan.
Samarqandning "Dinamo" klubining oliy ligadagi natijasi quyidagicha: 617ta o'yin, 221 g'alaba, 102 durang va 294ta mag'lubiyat. To'plar nisbati: 777:901. Jamoa 765 ochkoni qo'lga kiritgan.
Agar bugun "arslonlar" g'alaba qozonishsa o'zlarining 222-g'alabalarini qo'lga kiritishadi.

Fikrlar