So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  0 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  9 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  36 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

"Lokomotiv" bolalar kuniga bag'ishlangan xayriya-tadbirida ishtirok etdi (FOTO) Yangiliklar

"Lokomotiv" bolalar kuniga bag'ishlangan xayriya-tadbirida ishtirok etdi (FOTO)

Bugun, 1 iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga bag'ishlab "Gemotologiya" instituti qoshidagi leykemiya bilan og'riganlar shifoxonasida davolanayotgan yosh bolakaylar uchun bayram-tadbiri tashkil qilindi.
Mazkur xayriya-tadbirida bir qator sanatkorlar bilan birgada sportchilar ham ishtirok etishdi. Xususan oliy ligada chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" PFK vakillari ham mazkur tadbirda qatnashib, bemor bolalar tezda sog'ayib ketishi uchun o'z hissalarini qo'shishdi.

Sayyod.com sayti tomonida tashkil etilgan bayram-tadbiri ko'tarinki ruhda kechdi. Tadbirda ishtirok etgan "Lokomotiv" PFK Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, futbolchilardan Temur Kapadze, Marat Bikmaev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Ikrom Aliboev, Salim Mustafoev leykemiya bilan og'riyotgan bolalarga klub tomonidan tayyorlangan sovg'alarni topshirishdi. SHuningdek, jamoamiz sardori Temur Kapadze say-harakatlari bilan bemor bolalarga ketadigan dori-darmon uchun jamoamiz futbolchilari malum miqdorda pul yig'ib berishdi.

Umuman olganda, bayram yaxshi o'tdi. Bunda elimiz suygan sanatkorlardan Nasiba Abdullaeva, Ozoda Nursaidova, Munisa Rizaeva, Feruza Jumaniyozova va boshqalar o'z qo'shiqlari bilan bolakaylarga quvonch ulashishdi. Futbolchilarning davraga chiqishishi esa bayramga yanada ko'rk bag'ishladi. championat.asia sayti rahbari Nodirxo'ja Yuldashev o'ziga xos konkurs o'tkazib, futbol mavzusi bo'yicha bir qator qiziqarli savollar bilan bolalarga murojaat qildi. Savollarga javob topgan yosh bolakaylar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda shuningdek, "Paxtakor", "Bunyodkor", "Nasaf", "Olmaliq", "Qo'qon-1912" vakillari ham ishtirok etib, shifoxonada yotgan bemorlarning ko'nglini ko'tarishdi. Bugungi tadbirdan ham bolakaylar, ham ularning ota-onalari, ham futbolchi va shou-biznes vakillari katta zavq olishdi. Biz esa o'z navbatida mana shu kabi savob ishlarga bosh-qosh bo'layotgan Sayyod.com va championat.asia sayti xodimlariga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика