“Lokomotiv” asosiy tarkibi yoshlar jamoasi bilan bahs yuritdi
29 mar 2018 08:20
Yangiliklar
“Lokomotiv” asosiy tarkibi yoshlar jamoasi bilan bahs yuritdi
Murabbiylar shtabi yoshlar tarkibidagi o'yinchilarning mahoratini oshirish, ularga tajribali futbolchilardan maydonning o'zida saboq olish imkonini yaratish maqsadida bugun asosiy jamoa hamda yoshlar tarkibi o'rtasida o'ziga xos sinov o'yini tashkil etishga qaror qildi. Uchrashuv TTYMI stadionida o'tkazildi va jida qiziqarli tarzda ko'rinish oldi. Yoshlar jamoasi azolari o'yin davomida o'zlarini yaxshi tarafdan namoyish etishga urinishdi. Uchrashuv taqdirini esa Sanjar SHoahmedov tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
“Lokomotiv” asosiy tarkibi – Yoshlar tarkibi 1:0
Gol: Sanjar SHoahmedov (22)
Asosiy tarkib: Mamur Ikromov, Bobur Yuldoshev, Kaxi Maxaradze, Salim Mustafoev, Farhod Bekmurotov, CHo Suk Jae, Nivaldo, SHerzod Karimov, Sadriddin Abdullaev, Sanjar SHoahmedov, Husniddin G'ofurov.
Yoshlar tarkibida maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Umar Adhamzoda, Rustam Hamraev, Farrux Ibrohimov, Ulug'bek Abdullaev, Jamol Islomov, Idris Bikmaykin, Vladislav Fomin, Alisher SHeraliev, Xurmat Yuldashov, Aziz Amonov, Bobur Ergashev, Bobur Tillaboev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar