

Qishki yig'in davomida bir qator futbolchilar o'zlarini ko'rsatish uchun mashg'ulotlarga zo'r berishgan. Ularning imkoniyatlarini yana bir marta sinovdan o'tkazish uchun ham Toshkentdagi yig'inda 1 ta bellashuv kerak edi. Avvaliga “Buxoro” bilan o'yin rejalashtirilgan, biroq ob-havoning futbol o'ynash uchun noqulay kelgani vajidan u bekor qilingandi. Endilikda mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan barcha futbolchiga imkoniyat berish uchun ham ularni ikki jamoaga bo'lib o'ynatish afzal ko'rildi. Uchrashuv 31 yanvar – yakshanba kuni 13:00 da “Bunyodkor” akademiyasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ertaga “Lokomotiv” yoshlari mazkur stadionda “Bunyodkor” yoshlariga qarshi saf tortishadi.



