"Lokomotiv" Antaliyada. Sakkizinchi kun. Jamoa bugun "Saraevo"ga qarshi o'yin o'tkazadi
06 fev 2017 16:35
Yangiliklar
"Lokomotiv" Antaliyada. Sakkizinchi kun. Jamoa bugun "Saraevo"ga qarshi o'yin o'tkazadi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan "Lokomotiv" bugun ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
"Temiryo'lchilar"ning navbatdagi raqibi Bosniya va Gercegovinaning "Saraevo" klubi bo'ladi.
Mazkur jamoa Bosniya Premer-ligasida ikkinchi o'rinda bormoqda. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:00da (Toshkent vaqti bilan 19:00) start oladi. "Lokomotiv" futbolchilari ertalabki mashg'ulotni trenajyor zalida olib borishdi. Mashg'ulot avvalida jamoa murabbiylar shtabi hamda futbolchilar bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan SHerzod Fayzievni tabriklashdi.
Bugun o'yin o'tkazilishi sabab mashg'ulot ko'p uzoq davom etmadi. Futbolchilar asosan yugurish va chigalyozdi mashqlarni bajarish bilan cheklanishdi.
Fikrlar