So’nggi yangiliklar

16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  0 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  2 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0 15:24БУМ! Кейинги мавсум Лео Месси "Барселона"га қайтади  21 14:55Расман: "Динамо" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади!  3 14:49Расман: "Нефтчи" Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган 4 нафар футболчини ПФЛда рўйхатдан ўтказди  15 14:10Интервью. Умар Эшмуродов - "Насаф", чемпионлик, Катанец ва Черан ҳақида  2 13:39Бобур Абдураҳмонов: "Болалар мураббийларини энг кўп қийнаётган муаммо - майдонлар камлиги"  1 13:35ФИФА 2025 йил учун футзал, соҳил футболи, фитнесс ҳамда футбол ҳакамлари техник инструкторлари рўйхатини эълон қилди  0 12:59"Челси" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 12:402031 йилги Осиё кубоги мезбонлигига яна қайси мамлакатлар даъвогар?  12 12:15Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Тошкентда йиғин бошлайди  1 11:54МЮ раҳбарияти пул тежашнинг янги усулини топди  8 11:29Флик Ла Лиганинг февраль ойидаги "Энг яхши мураббийи" деб тан олинди  12 10:53Бугун Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилади. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада  13

“Lokomotiv” – “Al-Ittihod” hamda “Al-Nasr” – “Bunyodkor” o'yinlariga prevyu Yangiliklar

“Lokomotiv” – “Al-Ittihod” hamda “Al-Nasr” – “Bunyodkor” o'yinlariga prevyu

Bugun, 23 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi-2016 guruh bosqichi start oladi.

Bugun O'zbekistonning ikki klubi - “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” jamoalari ushbu bosqichdagi ilk o'yinlarini o'tkazadi.

Osiyo chempionalr ligasi-2016.
A guruhi, 1-tur
Lokomotiv (O'zbekiston) - Al-Ittihod (Saudiya Arabistoni)
“Lokomotiv” stadioni, Toshkent.
Seshanba, 23 fevral 2016 yil, soat 15:00

“Lokomotiv” hamda “Al-Ittihod” jamoalari Osiyo chempionlar ligasi doirasida ilk bora to'qnash kelmoqda. Toshkent “temiryo'lchilari” ushbu turnir guruh bosqichida ikkinchi marta ishtirok etyapti. “Al-Ittihod” uchun esa bu Osiyo chempionlar ligasidagi o'ninchi ishtirokdir.

“Lokomotiv”
- “Lokomotiv” chempionlar ligasi guruh bosqichidagi uy o'yinlarida faqat bir bora, “Al-Ittihod”ning eng asosiy raqibi - “Al-Hilol”ga mag'lub bo'lgan. Toshkent klubining OCHL guruh bosqichidagi avvalgi ishtiroki muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Unda “temiryo'lchilar” faqatgina bir o'yinda g'alaba qozonib, guruhda so'nggi o'rinni egallagandi.

- Ushbu mavsum oldidan klub o'z safiga to'rt nafar yangi futbolchini qo'shib oldi. Sadriddin Abdullaev, SHerzod Fayziv, Server Jeparov hamda Kaxi Maxaradze “Lokomotiv”ga o'z tarixida ilk bora OCHL guruh bosqichidan chiqishga ko'maklashadi.

- SHuni ham takidlash keraki, “Lokomotiv” tarkibida O'zbekiston milliy terma jamoasiga doimiy ravishda chaqiruv olib kelayotgan Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, Marat Bikmaev, Jasur Hasanov, Sanjar SHoahmedov, Server Jeparov, shuningdek, uzoq yillar terma jamoa safida harakat qilgan va mamlakat bosh jamoasi safida o'yinlarda ishtirok borasida rekord natijaga ega bo'lgan Temur Kapadze o'zlarining xalqaro turnirlardagi tajribasi bilan jamoaga yordam berishga tayyor.

- Jamoa safida birgina Ikrom Aliboevda kichik jarohat bor, qolgan futbolchilar esa o'yinga tayyor.

Mahalliy chempionat

- O'zbekiston Pofessional futbol ligasida mavsum hamli start olganicha yo'q. “Lokomotiv”ning chempionatdagi ilk raqibi Namanganning “Navbahor” klubi bo'ladi. Ushbu o'yin 5 mart kuni o'tkaziladi.

“Al-Ittihod”

- Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi shu kunga qadar ushbu turnir doirasida Toshkentga 5 bora tashrif buyurib, 3 bora g'alaba qozongan, bir drang qayd etib, ikki marta mag'lubiyat bilan qaytgan. Jamoaning Toshkentga so'nggi safari 2012 yili bo'lgan va unda OCHL guruh bosqichi doirasida ular “Paxtakor”ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.

- Jamoa murabbiylar shtabi Umar Al-Harbi va tajribali Muhammad Nurni OCHL “zayavkasi”ga kiritmagan.

- “Al-Ittihod”ning 2005 yilda OCHLda g'alaba qozongan tarkibidan faqatgina Hamad Al-Montashariy jamoaning bu yilgi “zayavkasi”ga kiritildi.

- “Al-Ittihod”da CHempionlar Ligasida g'alaba qozonish tajribasiga ega futbolchilar bor. Xususan, ganalik legioner Salli Muntari Milanning “Inter” klubi bilan 2010 yilda Evropa CHempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan.

Mahalliy chempionat


 - “Al-Ittihod”ning Saudiya Arabistoni chempionatidagi ketma-ket 5 o'yindan iborat bo'lgan g'alabali seriyasiga 16 fevral kuni yakun yasaldi. SHu kuni ular “Al-Qodisiya” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Ular ayni vaqtda peshqadam “Al-Hilol”dan 4 ochko ortda qolgan holda chempionatning 3-o'rinida bormoqa.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda “Sepaxon” va “Al-Nasr” o'zaro to'qnash keladi.

V guruhi, 1-tur

“Al-Nasr” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” (O'zbekiston)
“Qirol Fahd” stadioni, Riyod.
Seshanba, 23 fevral 2016 yil, soat 22:15

Ushbu jamoalar bu musobaqa doirasida ketma-ket ikkinchi mavsum o'zaro to'qnash kelmoqda. “Al-Nasr” uchun bu OCHLdagi uchinchi ishtirok bo'lsa, “Bunyodkor” ketma-ket 9-marotaba ushbu turnirning guruh bosqichida ishtirok etyapti.

“Al-Nasr”

- “Al-Nasr” o'z maydonida o'zbek klublariga qarshi o'yinlarda mag'lubiyatga uchramagan. 2011 yilda “Paxtakor”ni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, o'tgan yili “Bunyodkor” bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan.

- O'tgan yili CHempionlar Ligasini tark etganidan keyin, jamoa o'z safiga Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchisi Naif Xazazini qo'shib oldi. U “Al-Ittihod” hamda “Al-SHabob” klublari tarkibida Osi  yo chempionlar ligasida ishtirok etish tajribasiga ega. Xazazi 2012 yil “Al-Ittihod” bilan OCHL yarim finaliga qadar etib borgan va musobaqa davomida 8 bora raqiblar darvozasini nishonga aniq olgandi.

- SHuningdek, “Al-Nasr” Angliyaning “Vest Xem Yunayted” klubidan Modibo Maygani harid qilib, ijaradagi braziliyalik futbolchisi Markos Gabrielni “Santos”dan qaytarib oldi.

Mahalliy chempionat

Saudiya Arabistonining amaldagi chempionalari bu mavsumda ketma-ket uchinchi bora chempionlikni nishonlash orzusidan ancha yiroqlashib ketdi. Ular chempionatdagi so'nggi 12 o'yinidan faqatgina 3tasini g'alaba bilan yakunlay oldi xolos va ayni vaqtda chempionatning 7-pog'onasida bormoqda. Turnir jadvalidagi peshqadam - “Al-Hilol”dan 17 ochko ortda boryapti.

“Bunyodkor”

- Eldor SHomurodovning ikki goli evaziga Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-SHabob” jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etib, pley-offdan guruh bosqichiga o'tgan “Bunyodkor” uchun bu ushbu turnirning mana shu bosqichidagi ketma-ket to'qqizinchi marta ishtirokdir.

- Saudiya Arabistoniga sakkiz bora safar qilgan “Bunyodkor” hali biror marta g'alaba bilan qaytmagan. Qirollikga qilingan safarlardan 4tasida durang qayd etilgan bo'lsa to'rttasida “qaldirg'ochlar” mag'lub bo'lgan.

- Jamoaning Saudiya Arabistoniga so'nggi tashrifi o'tgan yili aynan bugungi raqiblariga qarshi bo'lgan bo'lib, unda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan.

- O'tgan yili “Al-Nasr”ga qarshi o'yinda qayd etilgan durang jamoaga guruh bosqichidagi yagona ochkoni taqdim qilgandi. Qolgan barcha o'yinlarda mag'lub bo'lgan “Bunyodkor” o'z tarixida birinchi marta OCHL guruh bosqichidan chiqa olmagandi.

Mahalliy chempionat

Oliy liga o'yinlari hali start olmadi va “Bunyodkor” o'yining dastlabki o'yinini 5 mart kuni “Neftchi”ga qarshi o'tkazadi.

Guruhdagi boshqa o'yinda Qatarning “Lahviya” jamoasi Eronning “Zob Oxan” klubini qabul qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика