So’nggi yangiliklar

20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  4 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  3 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  9

“Lokomotiv-99” - Buxorodagi turnir g'olibi Yangiliklar

“Lokomotiv-99” - Buxorodagi turnir g'olibi

1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlab Buxoro shahrida o'smirlar o'rtasida ananaviy turnir o'tkazildi.
Ushbu musobaqa 1999 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tdi. Jami 16ta jamoa ishtirok etgan turnirda “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

“Lokomotiv-99” o'z guruhida Vobkent, Urganch va Buxoro jamoalariga qarshi bahs olib borib, guruhda birinchi o'rinni egalladi.
1-tur. “Lokmotiv-99” – Vobkent - 3:0
2-tur. “Lokomotiv-99” – Urganch - 2:1
3-tur. “Lokomotiv” - “Buxoro” - 0:0

Keyingi bosqichda “SHo'rtan” tarbiyalanuvchilari 2:1 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, yarim finalda Navoiyning “Uchquduq” jamoasi 3:1 hisobida dog'da qoldirildi. Musobaqaning hal qiluvchi finali “Lokomotiv-99” va “Buxoro” futbol maktabi o'rtasida bo'lib o'tdi va o'yinda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad yosh “temiryo'lchilar”ga kulib boqdi - 4:1.

Turnir haqida “Lokomotiv-99” bosh murabbiyi Rinat Miftaxutdinov quyidagi fikrlarni aytib o'tdi:
“Bizni yaxshi kutib olishdi va tashkilotchilik ham joyida bo'ldi. O'yinlar uchta stadionda o'tkazildi. Final bahsi “Yoshlik” stadionida bo'lib o'tdi. Albatta, birinchi o'rinni olganimizdan xursandmiz. Bu bizning birinchi bor chetga chiqishimiz bo'ldi, shu bois futbolchilar boshqacha taassurot bilan qaytishdi. Bo'sh kunimizda Buxoroning tarixiy obidalarini aylandik, bu ham futbolchilarga maqul keldi”.

Ushbu turnirning bosh tashkilotchisi Buxoro viloyat futbol federaciyasi hamda “Buxoro” futbol klubi bo'ldi. Turnir yakunida odatdagidek g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi.

“Yarim himoyachimiz Azizov Sulton musobaqaning “Eng yaxshi yarim himoyachisi” deb topildi, - deydi Rinat Miftaxutdinov. - SHogirdlarimdan shuningdek darvozabon Vagin Vladimir, himoyachi Rahimov Mamurjon hamda hujumchi Karpenko Maksimning (Viktor Karpenkoning o'g'li) harakatlari ham menga maqul keldi. Biz bilan delegaciya rahbari bo'lib futbol maktabimiz direktori Erkin Saidov bordi. SHu o'rinda musobaqa tashkilotchilariga, jumladan “Buxoro” futbol maktabi rahbari Jamshid aka Botirovga katta rahmat aytmoqchiman”.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика