So’nggi yangiliklar

14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  2 13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  3 13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  9 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  9 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  5 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  2 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  3 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  26 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  6 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  6

"Lokomotiv" 21 martdan mashg'ulotlarga kirishadi Yangiliklar

"Lokomotiv" 21 martdan mashg'ulotlarga kirishadi

Superliganing 1-tur uchrashuvnini safarda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazgan "Lokomotiv" shundan so'ng kichik tatilga chiqdi.

Malumki, FIFA kunlari sabab Superligada tanaffus yuzaga kelgan. SHu bois "Lokomotiv" murabbiylar shtabi futbolchilarga biroz muddat dam berishga qaror qildi. Endi jamoa azolari 21 mart kuni to'planib O'zbekiston Superligasining navbatdagi turiga hozirlik ko'rishni boshlaydilar. 

"Lokomotiv" 2-tur bahsini 30 mart kuni o'z maydonida "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi. TTZ "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadigan mazkur bellashuv soat 19:00da boshlanadi. 

Ayni paytda "Lokomotiv"ning etti nafar futbolchisi O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan Xitoyda bo'lib turibdi. U erda bosh jamoamiz China Cup-2019 musobaqasida ishtirok etadi. Terma jamoaga taklif etilgan "Lokomotiv" futbolchilari ro'yxati: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Davron Hoshimov, Oleg Zoteev, Sardor Mirzaev va Temurxo'ja Abduxoliqov. 

SHuningdek, Aziz Amanov O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga taklif etilgan. Olimpiya terma jamoamiz 22-26 mart kunlari Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralash bahslarini o'tkazadi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика