So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  1 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

#LOKOMANIA – SHuhrat Muhammadiev: “Lokomotiv”ga aslida oldinroq kelishim ham mumkin edi Yangiliklar

#LOKOMANIA – SHuhrat Muhammadiev: “Lokomotiv”ga aslida oldinroq kelishim ham mumkin edi

#LOKOMANIA loyihasining navbatdagi mehmoni – “temiryo'lchilar” jamoasi azosi – SHuhrat Muhammadiev.

Qadrli futbol ishqibozlari, “Lokomotiv” PFK matbuot xizmati #LOKOMANIA loyihasi doirasida jamoa futbolchi hamda murabbiylari bilan eksklyuziv intervyular tashkil etish orqali siz – aziz muxlislarimizga ularni yanada yaqinroq tanishtirishga harakat qilib kelmoqda. Loyihamizning navbatdagi mehmoni – “temiryo'lchilar” jamoasi azosi – SHuhrat Muhammadiev.

Mahoratli himoyachi muxlislar tomonidan yuborilgan bir qator savollarga ham javob qaytardi. Quyida Muhammadievning ilk katta intervyusini o'qish imkoniga ega bo'lasiz hamda u haqdagi hali ko'pchilik eshitmagan malumotlarni bilib olishingiz mumkin.

– SHuhrat, “Millionlar o'yini”ga qay tariqa kirib kelgansiz?


– Rostini aytsam, ko'chada o'rtoqlarim bilan to'p tepishni juda xush ko'rardim. Mahalladagi barcha bolalar to'planib, tez-tez futbol o'ynab turardik. SHunday o'yinlardan birida Otabek aka Hotamov meni o'z jamoasiga taklif qildi. U kishi olib boradigan mashg'ulotlarga qatnay boshladim va biroz vaqt o'tgach meni SHahrisabzning “Hisor” nomli jamoasiga chaqirishdi. SHu tariqa 2-ligada o'ynay boshladim.

– Demak, bir kun kelib professional futbolchi bo'laman, deb o'ylamagansiz…


– Yo'q! Men shunchaki, ko'chada to'p tepishni yoqtirardim, xolos. Lekin “Hisor”da o'ynay boshlagach, o'zim ham katta futbolga o'tishni o'ylab qoldim. 2007 yilga kelib esa meni “Nasaf”ga taklif etishdi. SHu tariqa katta futbolga kirib keldim. Yil oxiriga kelib xatto asosiy jamoa safida 2 bor maydonga tushishga ham muvaffaq bo'ldim. Keyinroq 2009 yildan “Mashal” safiga borib qo'shildim. U erdagi faoliyatim ham ancha yaxshi kechdi, ko'p narsa o'rgandim va “Nasaf”ga yangi o'zlashtirgan tajribalarim bilan qaytdim.

– Oilangizdagilar futbolchi bo'lishingizga qanday munosabat bildirishgan?


– Ular bunga qarshilik qilishmagan. Biroq oilamizda sport bilan, xususan futbol bilan shug'ullanadigan va uni yoqtiradigan yagona inson menman! Ota-onam esa men katta futbolga o'tgachgina o'yinlarni tomosha qila boshlashdi. SHu paytga qadar ular biror marta stadionga ham kelishmagan. Ular asosan men ishtirokimdagi o'yinlarni televizor orqali tomosha qilishadi.

 

– Yillar o'tib, “Lokomotiv” safida paydo bo'ldingiz…


– Ha. Bilasizmi, “Lokomotiv”ga aslida oldinroq kelishim ham mumkin edi. 2016 yilda ham bu klub men bilan jiddiy tarzda qiziqqandi. Lekin taqdir nasib qilgan ekan, 2017 yilga kelibgina ushbu jamoa azosiga aylandim.

– Jamoamizga kelgan ilk kuningiz qanday o'tdi?


– Har qanday futbolchi ham yangi jamoaga o'tgach, unda dastlab biroz hayajon bo'ladi. Lekin “Loko”ga men tez ko'nikib keta oldim. Bunda jamoaning ahil ekani va unda yaxshi yigitlar yig'ilgani ham yordam berdi. “Lokomotiv”ga kimdir yangi kelsa, uni qarsaklar va o'ziga xos “yo'lakcha” xosil qilgan holda kutib olishar ekan. SHu narsa men uchun o'ziga xos yangilik bo'ldi.

– “Loko” safidagi ilk o'yiningiz qaysi jamoaga qarshi kechgandi?


– “Lokomotiv” futbolchisi sifatida ilk bor CHempionlar Ligasi doirasida “Al Taavon” jamoasiga qarshi bahsda maydonga chiqqandim. Boshida biroz hayajon bo'lganini ham aytib o'tishim kerak.
 



– “Temiryo'lchilar” jamoasida kim boshqalardan qaysidir xarakter xususiyati bilan butkul farq qilib turadi?


– Marat Bikmaev! Marat aka – jamoamizdagi eng xushchaqchaq yigit. U kishi barchaning kayfiyatini ko'tara oladi. Agar biror o'yinda mag'lub bo'lsak, aynan Marat aka hammaning yomon kayfiyatini biroz bo'lsa-da yaxshilay oladi. SHu sababli ham uni ko'pchilik xurmat qiladi.

– Mag'lubiyatlarni qanday qabul qilasiz va ularni qay tariqa engib o'tasiz?


– Mabodo biror o'yinda mag'lub bo'lsak, taxminan 1-2 kun o'sha mag'lubiyat sabablarini o'ylab, o'zim uchun miyamda tahlil qilib yuraman. Keyin esa xuddi o'sha o'yinda yo'l qo'ygan xatoimni umuman qaytarmaslikka urinaman.

– Odatda futbol o'yinlariga qay tariqa hozirlik ko'rasiz?


– Odatda muhim o'yinlar oldidan butun diqqat-etiborimni o'sha bahsga qarataman va boshqa narsalar haqida umuman o'ylamaslikka urinaman. Bazi futbolchilar ayni qaysidir musiqani eshitishga yoki yana qandaydir odatini qilib, o'yinga tayyorlanishga urinishadi. Menda esa bunday odatlar yo'q.

 

– Jamoadagi eng yaqin do'stingiz kim?


– Aslida hamma bilan juda yaxshi munosabatdaman. Lekin turli yig'inlar payti hamda safar o'yinlarida SHerzod Fayziev bilan birgalikda bitta xonani band etamiz.

– Jamoa avtobusida muqim o'rningiz bormi?


– Ha, albatta! Men doimo orqa tarafda chapdagi ikkinchi o'rindiqda o'tiraman. Yonimdan esa SHerzod Fayziev joy egallaydi.

– Nega aynan 28-raqamdagi futbolkada maydonga chiqasiz?


– Ilgari “Nasaf” safida ham 28-raqamda o'ynardim. Keyinroq 7-raqamni ham oldim. Lekin 7-raqam menga biroz “og'irlik” qildi shekilli, o'yinim uncha chiqmadi, o'z o'yinimdan ko'nglim to'lmadi. “Lokomotiv”ga kelgach esa, Aliboev 28ni 9-raqamga almashtirdi. Qarasam, 28-raqam bo'sh ekan, o'ylab ham o'tirmay 28-ni ola qoldim.

– Yoshlik paytingiz kumiringiz kim bo'lgan?


– Yoshligimda menga Rivaldoning o'yinlari juda yoqardi. Uning o'yinlarini ko'rib, futbolga bo'lgan muhabbatim oshardi. O'sha paytlarda butun Braziliya terma jamoasi ajoyib tarzda o'yin namoyish etardi.

– Agar futbolchi bo'lmaganingizda sizni qaysi sohada ko'rish mumkin bo'lar edi?


– Hayronman. Otam savdogarlik bilan shug'ullanadi. Balki men ham savdo-sotiq bilan mashg'ul bo'lsam kerak edi.

 

– Yoqtirgan taomingiz?


– Palov.

– Yoqtirgan sport brendingiz?


– NIKE.

– Qanday kinolarni tomosha qilishni yoqtirasiz?

– Menga asosan fantastika janridagi kinolar yoqadi. Bazida multfilmlar ham tomosha qilib turaman.

– Kimning ashulalarini miriqib tinglaysiz?


– SHahzoda.

– Futboldan tashqari boshqa sport turlarini ham kuzatib borasizmi?

– Vaqti-vaqti bilan boks tomosha qilib turaman.

– Xarakteringizdagi o'zingizga yoqmaydigan xususiyatingiz qanday?


– Yo'q, deya olmayman. Agar kimdir nimadir so'rasa yoki iltimos qilsa, aslo “Yo'q!”, deb ayta olmayman. Bazida shu odatim pand berib qo'yadi.

SHuhrat Muhammadievning orzusidagi jamoa:




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика