So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  109 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

“#LOKOMANIA loyihasi” – Mirko Yelichich: “Lokomotiv”ning muvaffaqiyatlarida oz bo'lsa-da xissam borligidan mamnunman Yangiliklar

“#LOKOMANIA loyihasi” – Mirko Yelichich: “Lokomotiv”ning muvaffaqiyatlarida oz bo'lsa-da xissam borligidan mamnunman

Bilasiz, “Lokomotiv” jamoasi ayni damda yangi mavsumga hozirlikni davom ettirmoqda.

“Temiryo'lchilar” jamoasi yaqindagina BAAning Dubay shahrida o'tgan ilk xorij yig'inini yakunlab yurtimizga qaytdi va endilikda mashg'ulotlar poytaxtimizda olib borilmoqda.

SHu o'rinda qayd etish joizki, jamoamizning yangi mavsumga munosib tarzda hozirlik ko'rishiga masul bo'lgan murabbiylardan biri – avstraliyalik mutaxassis Mirko Yelichich sanaladi. O'zining ancha xushmuomalaligi va mehnatsevarligi bilan ko'pchilikning mehrini qozongan 51 yoshli murabbiy o'tgan yili “Loko”ning uzoq kutilgan chempionlikka erishishiga ham katta xissa qo'shdi. U endilikda Andrey Miklyaev bilan birga jamoani yangi mavsumda ham o'tgan yilgidan-da zalvorliroq muvaffaqiyatlarga erishishi uchun mehnat qilmoqda.

SHu boisdan “LOKOMANIA” loyihasi doirasida Mirko Yelichichning “Lokomotiv”ning yangi mavsum tayyorgarliklari qanday ketayotgani haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. Intervyu davomida tajribali mutaxassis bir qator mavzularda muxlislar uchun qiziqarli bo'lgan fikrlarni bildirib o'tdi.



- Janob Yelichich, “Lokomotiv”ning bu yilgi mavsumga tayyorgarligi  qanday kechmoqda?

- “Lokomotiv” o'tgan yilni ajoyib tarzda o'tkazdi va chiroyli g'alabalar bilan o'z muxlislarini xursand etdi. Jamoamiz yangi mavsumda ham o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan. SHu bois tayyorgarlikni jiddiy tarzda olib boryapmiz. Yaqinda ikki hafta mobaynida Dubayda yig'in tashkil etib qaytdik. Hozircha futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash ustida ish olib boryapmiz. Sekin-asta to'p bilan ishlashni ham ko'paytirib boramiz.

- Dubay yig'inidan murabbiylar shtabining ko'ngli to'ldimi? Yig'in davomida ko'zlangan maqsadga erishildimi?


- Ha, desak bo'ladi. U erda kuniga ikki mahal mashg'ulot olib bordik. Qolaversa, ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Dastlab “Al Qodisiya” bilan, keyinroq “Zenit” bilan durang qayd etildi. Bu uchrashuvlar sinov-nazorat bahsi sifatida tashkil etilgani sabab natijani asosiy o'ringa qo'ymadik. Biz ko'proq futbolchilarning tatildan so'ng tiklanishi va o'yin jarayoniga qaytishini ko'zlagan edik. Yakunda shunday bo'ldi ham.

- Bir jihatga etiboringizni qaratsak.  Oliy liganing ko'plab klublari yangi mavsum oldidan imkon qadar ko'p o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishga harakat qilishadi. Lekin “Lokomotiv” bu borada boshqacharoq yo'l tutadi…

- Nimani nazarda tutayotganingizni tushundim. Bilasizmi, Oliy liganing ko'pgina jamoalari mavsum davomida faqat ikkita musobaqada ishtirok etishadi. “Lokomotiv” esa ichki chempionat va Kubok bahslaridan tashqari Osiyo chempionlar ligasida ham qatnashadi. Bizning jamoa shundoq ham mavsum davomida ko'p o'yinlar o'tkazadi. Taxminan 6 oy davomida har 4-5 kunda o'yin o'tkazgandan so'ng har qanday futbolchining organizmi toliqadi. SHuni inobatga olib, futbolchilarni ko'proq mashg'ulotda ishlatishga va o'rtoqlik maqomidagi o'yinlarni meyorni saqlagan holda o'tkazishga harakat qilamiz.

- Yangi mavsum oldidan jamoani 6 nafar futbolchi tark etdi. Bu “Lokomotiv”ning kuchsizlanishiga olib kelmasmikan?


- Bilasizmi, bunga biroz boshqacharoq yondoshish lozim. Masalan, Server Jeparov ham, Sanjar SHoahmedov ham, Temurxo'ja Abduxoliqov, Artur Gevorkyan va Nemanya Yanichich ham jamoamizning o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlariga katta hissa qo'shishdi. Buning uchun ulardan minnatdormiz. Lekin biz har bir futbolchining qiziqish va manfaatlarini xurmat qilamiz. Yani, agar kimdir o'z kuchini xorij chempionatida sinab ko'rishni istasa, bunga qarshilik qilmaymiz. Endi yana bir jihat: “Lokomotiv” kuchsizlandimi? Yo'q! Tarkibimizda istedodli yoshlar bor. Qolaversa, ularga qo'shimcha ravishda tarkibni kuchaytirish ishlarini ham olib boryapmiz. SHu sababli safimizga bir nechta mahoratli o'yinchilarni qo'shib oldik. Menimcha, ketganlarning o'rnini bildirmaydigan futbolchilarni topa oldik.

Jamoamizni tark etganlardan Temurxo'ja Abduxoliqovni sezilarli yo'qotish bo'lganini ayta olaman. U o'tgan yil ancha sermahsul o'yin namoyish etgandi. Umid qilamizki, uning o'rniga taklif etilgan hujumchilar Temurxo'jadek sermahsullik ko'rsata olishadi.


- Jamoaning yangi o'yinchilari xususida nima deya olasiz?

- “Lokomotiv” o'z safiga yaxshi saviyadagi futbolchilarni qo'shib oldi, deya olaman. CHunki shartnoma imzolangan mahalliy futbolchilar ham, xorijlik legionerlar ham o'zlaridan yomon taassurot qoldirishayotgan yo'q. SHartnoma tuzishdan oldin ularning o'yini o'rganib chiqilgan. Umid qilamiz, yangilar o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishadi va kutilgan o'yinni namoyish etishadi. Balki safimizni yana to'ldirishda davom etarmiz. CHunki 3+1 ko'rinishidagi legionerlar uchun o'rinning osiyolik futbolchi uchun bo'lgan qismi hali ochiq turibdi.

- “Lokomotiv” oldiga yangi mavsumda qanday vazifalar qo'yiladi?


- “Lokomotiv” – O'zbekistonning amaldagi chempioni va Kubok sohibi. Jamoa so'nggi yillarda faqat va faqat yuksak sovrinlar uchun kurashib kelmoqda. Niyatimiz – yangi boshlanadigan mavsumda ham muxlislarimizni ulkan yutuq va zafarlar bilan xushnud etish. Bu borada klub rahbariyati va murabbiylar shtabi kerakli ishlarni olib bormoqda. Nasib etsa, tayyorgarlikni yuqori darajada o'tkazib, yangi mavsumda ham ko'plab g'alabalarni qo'lga kiritmoqchimiz. Osiyo maydonlarida ham muvaffaqiyat qozonishga urinamiz.

- Sizda murabbiylar uchun mo'ljallangan “PRO” licenziyasiga o'qish niyati bormi?


- To'g'risini aytsam, bunday niyatim yo'q emas. Ammo jamoamizning tayyorgarlik jarayoniga mening o'qish vaqtim halal berishini istamayman. Agar o'quv-kurslari menda bo'sh vaqt bo'lgan paytda o'tkazilsa, balki men ham “PRO” licenziyasiga o'qirman. Ammo buni vaqt ko'rsatadi. Hozircha aniq bir nima deya olamayman.

- O'zbekistondagi eng katta o'quvchilar auditoriyasiga ega saytlardan biri “Championat.asia” sizni o'tgan yil yakunlariga ko'ra “O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi” deya etirof etdi. Bundan quvongan bo'lsangiz kerak…


- Rostini aytsam, ha! Zero o'zga yurtda sen qilayotgan mehnatni qadrlashsa va mehnatingga katta baho berishsa, bu kishini behad xursand qiladi. Men ham “Lokomotiv”ning muvaffaqiyatlariga qo'shayotgan kichik hissamning bunday yuqori baholanganidan juda sevindim. Buning uchun ushbu sayt, uning o'quvchilari va umuman, o'zbekistonlik futbol muxlislari va futbol jamoatchiligi ahlidan minnatdorman.



Bilasizmi, yaqinda tatil payti uyga borganimda meni avstraliyalik murabbiylar uchun tashkil etilgan konferenciyaga taklif etishdi. U erda asli avstraliyalik bo'lgan va hozirda xorijda faoliyat olib borayotgan deyarli barcha mutaxassislar to'plandi. Konferenciya davomida avstraliyalik xorijda ishlayotgan 10 nafar eng salohiyatli mutaxassislar ichida Xarri Kyuell qatori meni ham sanab o'tishdi. Bundan juda ham xursand bo'ldim. CHunki Avstraliyada ham Osiyo futbolini, xususan, CHempionlar ligasini katta qiziqish bilan kuzatib borishadi. SHu sababli bir qancha mutaxassislar “Lokomotiv”ning qita miqyosdagi muvaffaqiyati bilan ham qiziqishdi. Bundan ancha faxrlandim!..

- Osiyo CHempionlar ligasi haqida gap ochdingiz. Ushbu turnirning guruh bosqichida bizga raqiblik qiladigan jamoalar borasida qanday fikrdasiz?


- Bizga guruhda raqiblik qiladigan jamoalarning saviyasi yomon emas. Umuman olganda, CHempionlar ligasida oddiy jamoalar ishtirok etmaydi. Ko'plab arab jamoalarida asosiy ishni xorijlik legionerlar bajarib berishadi. Mahalliy o'yinchilar orasida legionerlar kabi o'yin namoyish etadiganlari uncha ko'p emas. SHu sababli ham raqiblar o'yinini o'rganganda ularning asosiy futbolchilariga alohida etibor qaratamiz. Hozirda allaqachon raqib jamoalar o'yinlarini kuzatish, o'rganish va tahlil qilishni boshlab yuborganmiz.

- So'nggi savolimiz: Ancha yillardan buyon O'zbekistonda faoliyat olib borib kelasiz. Sizni yurtimiz bilan nimalar bog'lab turadi?


- Menga O'zbekiston yoqadi va bu erda o'zimni ancha yaxshi his etaman. Qolaversa, turmush o'rtog'im ham o'zbekistonlik. SHu erlik ayol bilan oila qurganman. Hozir esa oilam Avstraliyada yashamoqda. CHunki farzandlarim u erda tahsil olishyapti. To'ng'ich o'g'lim yaqinda kollejga o'qishga kirdi. Oilam Avstraliyada bo'lsa-da, men O'zbekistonda ishlayapman. Menga Toshkent ham, bu erning odamlari ham, men mehnat qilayotgan klub ham juda yoqadi.



Mirko Jeličić

Suratlar muallifi: Hasan Pirmuhammedov.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика