So’nggi yangiliklar

01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  0 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  7 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  10 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  35 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  272 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0

Lobanov “Paxtakor”ning xorij yig'iniga nega bormadi? Yangiliklar

Lobanov “Paxtakor”ning xorij yig'iniga nega bormadi?

O'tgan shanba kuni “Paxtakor” futbol klubi rejaga ko'ra o'zining birinchi xorij yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketdi.
U erga murabbiylar shtabi jami 25 nafar o'yinchi va 3ta darvozabonni olib ketgan. Futbolchilar ro'yxatiga etibor qaratadigan bo'lsak, “sherlar”ning asosiy posboni Aleksandr Lobanovning Turkiyaga yo'l olgan delegaciyadan o'rin olmaganini ko'ramiz. Posbonlardan Nikita Ribkin, Akmal Tursunboev hamda Asilbek Omonov bor. Aleksandrning nima uchun xorij yig'iniga bormaganini bilish maqsadida “Paxtakor”ning darvozabonlar bo'yicha murabbiyi Anvar Rashidov bilan suhbatlashdik.

- Anvar aka, “Paxtakor”ning asosiy posboni sifatida etirof etib kelinayotgan Aleksandr Lobanovning Turkiyaga jo'nab ketgan futbolchilar ro'yxatida yo'qligini qanday izohlaysiz?

- Aslida Lobanov ham xorij yig'iniga borishi kerak edi. Ammo bilasizmi, uning pasportida viza bilan bog'liq muammo shu kunga qadar hal bo'lmadi. Bunga masullar ulgurishmagan. Buning natijasida ilojsizlikdan Turkiyaga bora olmadi.

- Ushbu shogirdingiz bilan bir qatorda o'zingiz ham Turkiyaga bormadingiz. Bu nima bilan bog'liq?

- Murabbiylar shtabi o'zaro kelishgan xolda, men ham Toshkentda qolib Aleksandr Lobanov bilan birga mashg'ulot o'tkazishga qaror qildik. CHunki o'zingizga yaxshi malumki, Sasha jamoamizning birinchi raqamli darvozaboni hisoblanadi. SHuning uchun uning xorijga ketmagani bois ham 15 kun o'zimizda jiddiy shug'ullanmasak bo'lmaydi. Bu muddat davomida darvozabon bilan odatdagidek dastur asosida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishda davom etyapmiz. Umid qilamanki, “Paxtakor”ning ikkinchi xorij yig'iniga Lobanov ikkimiz boramiz. Bu yig'in 15 fevraldan 1 martga qadar Turkiyada bo'lib o'tadi.  

- U xolda xorijga yo'l olgan darvozabonlarni kim shug'ullantiradigan bo'ldi?

- Ularning kunlik mashg'ulot o'tkazish dasturini ishlab chiqib, murabbiylar guruhidagilarga berganman. Jumladan No'mon Hasanovga. SHuningdek yaqinda jamoada ish boshlagan xorijlik mutaxassis Drajen Dukich ham u erda darvozabonlarga etibor qaratadigan bo'ldi.

- Nahotki, uchta darvozabondan ko'ra Aleksandr Lobanovning bir o'zi bilan mashg'ulot o'tkazishni maqul topgan bo'lsangiz?

- Yuqorida aytib o'tganimdek, Sasha sir emaski ikki yildan buyon asosiy posbonimiz bo'lib kelmoqda. Bu yil ham asosiy etibor unga qaratiladi. SHuning uchun birinchi raqamli darvozabonimizning tayyorgarligi ko'ngildagidek bo'lishi uchun, men ham Toshkentda qoldim. CHunki qolgan yoshlarimiz unga joriy mavsum jiddiy raqobatchilik qila oladigan darajaga etib ulgurishmadi. Faqat yoshlarimiz Lobanovga raqobatchi sifatida qaralmoqda. Aleksandr Toshkentda mashg'ulot o'tkazish bilan birga, “Paxtakor-2” jamoasi o'tkazayotgan sinov-nazorat bahslarida ham maydonga tushib, o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.

- Qanday fikrdasiz, Ribkin, Tursunboev, Omonov. Bularning qay biri Lobanovga jiddiy raqobat qila oladi?

- Nazarimda bu borada Tursunboevning imkoniyati yuqori. CHunki Akmal oxirgi yillarda katta o'sishga erishdi. Ummonda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ham barcha o'yinlarda almashtirishlarsiz o'ynadi. Bu bilan u xalqaro o'yin amaliyoti va yaxshigina tajriba oshirdi. “Andijon” tarkibida ham ko'plab o'yinlarda darvozani qo'riqladi va katta o'sishga erishdi. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi yanada ortgan.

- Aytishlaricha “Andijon” bu darvozabonni joriy mavsum ham olib qolishga xarakat qilgan ekan. SHu rostmi?
- Ha, chindan ham Azamat Abduraimov Akmalga bu yil ham ishonch bildirayotgandi. Lekin bunday darvozabonlar “Paxtakor”ga ham kerak. SHuning uchun katta extimol bilan Tursunboev bu yil jamoamizda qoladi.

- U xolda Nikita Ribkin yoki Asilbek Omonov boshqa jamoaga ijaraga berilishi mumkinmi?
- Albatta. Bu aynan mazkur xorij yig'inidan keyin aniq bo'lsa kerak. Turkiyada bu darvozabonlar sinov-nazorat o'yinlari orqali ham ko'zdan kechiriladi. Kim o'zini ijobiy tomondan ko'rsata olsa, o'sha olib qolinadi. Aks xolda boshqa klubga ijaraga berilishi mumkin. Lekin aynan uning kim bo'lishi haqida hozirdan bir nima deb bo'lmaydi.

- Yana bir yosh posbon Abdumavlon Abdujalilov haqida qanday fikrdasiz?

- Abdumavlon ham umidli yosh darvozabonlarimizdan biri. Uning “Paxtakor” yoshlar jamoasi bilan Italiyada bo'lib o'tadigan “Koppa Karnavale” xalqaro turniriga borishi kutilayotgandi. Ammo malum bo'lishicha Abdujalilov ham xorij safari ro'yxatiga kiritilmagan. CHunki musobaqa reglamentiga ko'ra, 1994 yilda tug'ilgan futbolchilardan atiga 4 nafarigina ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Murabbiylar bunday yoshdagi boshqa chiziq vakillarini olib ketishga qaror qilishgan.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика