"Liverpul"ning sobiq futbolchisi rak xastaligini engdi

Eldor Akmurzayev
16 apr 2019, 01:45
Liverpulning sobiq himoyachisi ispaniyalik Xose Enrike og'ir dardga chalingan edi.

U o'zining instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi orqali rak xastaligini enggani haqida xabar qilgan. Iyun oyida uning miyasidagi o'simta olib tashlangandi. 

Xullas, do'stlar, bugun men yaxshi xabarni oldim! Shifokorim menga qo'ng'iroq qilib, yaqinda tushirilgan MRTning javoblarini aytdi. U tozaligimni xabar qilib, barchasi a'lo ekanligni tasdiqladi! Shunday ekan endi faqat oldinga! Kasalligim vaqtida meni qo'llab-quvvatlaganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman, – degan 33 yoshli Enrike.

Xose Enrike Ispaniyaning – Levante, Valensiya,  Selta, Vilyarreal, Saragosa; Angliyaning –  Nyukasl va Liverpul klublari safida o'ynagan. Mersisaydliklar tarkibida u 2011/12 yilgi mavsumda Angliya Liga Kubogini qo'lga kiritgandi. Kasalligi sabab faoliyatini 2017-yil 31 yoshida yakunlashiga to'g'ri kelgan.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Times