"Liverpul"ga Insine kerak

Mirjalol Normatov
23 dek 2018, 18:42
"Liverpul" "Napoli" hujumchisi Lorenco Insinening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Mirror" xabariga ko'ra, Insine ayni damda Mersisayd jamoasining asosiy maqsadi bo'lib turibdi.

27 yoshli Insine "Napoli" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoa tarkibida 2010 yildan buyon harakat qilmoqda. Bu mavsumda Insine jamoasi tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 10 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror