Liverpul yozgi transfer bozorini bomba xarid bilan portlatmoqchi
17 mar 08:50
Yangiliklar
Liverpul yozgi transfer bozorini bomba xarid bilan portlatmoqchi
Liverpul Bavariyaning hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiala bilan shartnoma tuzishga harakat qilib ko'radi.
Ingliz jamoasi 21 yoshli futbolchi uchun 100 million funt to'lashga tayyor.
Jamalning «Bavariya» bilan tuzgan shartnomasi yakunlanishiga yana ikki yil bor, biroq futbolchi nemis klubi bilan o'rtadagi shartnomani uzaytirish niyatida emas. SHu sababli «Bavariya» rahbariyati yozda futbolchini sotib yuborishligi mumkin.
Jamal Musiala joriy mavsum «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 12 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.
Fikrlar