"Liverpul" yangi shartnoma bo'yicha Saloh bilan kelisha olmayapti
13 iyu 2021 13:38
Yangiliklar
"Liverpul" yangi shartnoma bo'yicha Saloh bilan kelisha olmayapti
"Liverpul" va Muhammad Saloh shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmayapti.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Amaldagi shartnoma 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Muzokaralar davom etmoqda, klub futbolchini saqlab qolmoqchi, ammo ayni damda ular yangi bitimdan ancha uzoqdalar.
Eslatib o'tamiz, Saloh "Liverpul"ga 2017 yilda "Roma"dan 42 million evro evaziga o'tgandi. U "qizillar" tarkibida 203ta o'yinda maydonga tushib, 125ta gol va 47ta assist qayd etdi.
Fikrlar