"Liverpul" Veynaldum bilan maosh borasida kelisha olmayapti Yangiliklar

"Liverpul" Veynaldum bilan maosh borasida kelisha olmayapti

"Liverpul"ning yarim himoyachi Jorjino Veynaldum bilan muzokaralari boshi berk ko'chaga kirib qoldi.

"Qizillar" 30 yoshli xavbekka yangi shartnoma taklif qilishdi, ammo u buni qabul qilmadi. Futbolchini klubning moliyaviy taklifi qoniqtirmayapti.

Niderlandiyalik futbolchi "Liverpul" uni qadrlamayapti deb hisoblaydi. "Qizillar" uning qolishini xohlashadi, ammo ko'proq pul taklif qilishmaydi.

Muzokaralar ayni damda boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Xavbekning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика