"Liverpul" va "Lion" sobiq murabbiyi Ule vafot etdi. U 73 yoshda edi
14 dek 2020 15:35
Yangiliklar


"Liverpul" va "Lion" sobiq murabbiyi Ule vafot etdi. U 73 yoshda edi
Jerar Ule yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi 73 yoshida hayotdan ko'z yumdi.
Mutaxassis "Liverpul" va "Lion" bilan ko'plab muvaffaqiyatlarga erishgan.
Ule "qizillar"ni 1998 yildan 2004 yilga qadar boshqargan davrida UEFA Kubogi-2000/01, UEFA Superkubogi-2001, Angliya Kubogi-2000/01, Angliya Superkubogi-2001, 2 bor Angliya Liga Kubogi (2000/01, 2002/03), shuningdek 2001/02 va 2000/01 yillarda Premer-ligada kumush va bronza medallariga ega chiqdi.
Mutaxassis "Lion"ni 2005-2007 yillarda boshqargan va ikki bor (2005/06, 2006/07) Franciya chempioniga aylangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar