So’nggi yangiliklar

09:07Клопп Испания жамоасини бошқариши мумкин  0 08:35Ибрагимович 7 кишилик рамзий терма жамоасини тузди  4 07:59Аморим МЮда илк машғулотни ўтказди  2 07:21ЖЧ-2026 саралаш. Бугун терма жамоамиз муҳим учрашувда майдонга тушади  28 03:01Миллатлар лигасининг чорак финалига чиққан барча 8 жамоа номи маълум бўлди  1 02:55Миллатлар лигаси. Роналду иштирок этмаган баҳсда Португалия дуранг ўйнади  4 02:48Миллатлар лигаси. Испания сўнгги дақиқалардаги пенальти эвазига ғалаба қозонди  3 02:15АПЛнинг энг тез югурадиган футболчилари (ТОП 10)  2 01:35Бен Дэвис Сон ҳақидаги хазили учун дисквалификация Бентанкур ҳақида: "Бундай нарсаларга жиддий қараш кераклигини тушундик"  2 23:29Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувида ишлайди  2 23:01Алдервейрелд ваҳима касаллиги туфайли Бельгия терма жамоасини тарк этганини айтиб берди  2 21:09Аморимга трансферлар учун тен Хагга нисбатан камроқ пул беришади  3 20:45Эшитдик-да! "Нефтчи" икки мураббийга жавоб бермоқчи  11 20:31"Бавария" стадионидаги чим U15 жамоаси майдонига юбориляпти  7 20:28"Қизилқум"нинг икки футболчисига бир қатор клублар қизиқмоқда  2

"Liverpul" va "CHelsi" etakchi - kuchlilar ichidagi kuchsizlar Yangiliklar

"Liverpul" va "CHelsi" etakchi - kuchlilar ichidagi kuchsizlar

Potter sho'ng'iyotgan yagona murabbiy emas.

Mavsumning eng yomon TOP-5 jamoasi – "Sautgempton", "Kremoneze" va shunga o'xshash jamoalar bo'lishi kerakligini yaxshi bilamiz. Biroq ulardan hech kim ECHL yo'llanmasi yoki mamlakatida chempion bo'lishni kutamagandi ham. "Barselona" muxlislari qatorasiga ikkinchi mag'lubiyatdan keyin Xaviga faktlarga asoslangan etirozlarini bildirishdi, ko'prog'i kutilgan, ammo natija umidlarni oqlamagan holat.

Yana bir kategoriya borki, unga kiruvchi klublarning puli, muxlislari va obro'si bor, lekin o'yin kartinasi — shunchaki daxshat. Eng yuqori o'rinlar kurashish yo'lida mablag' sarflab, "CHelsi"nikiga o'xshagan bir vaziyatga ega bo'lishdi. G'alabasiz olti o'yin va CHempionlar Ligasidan chiqib ketishga juda yaqin kelish, Potterning jaxl otiga mingan muxlislar bilan munosabati tobora yomonlashib ketmoqda. Xo'sh, "CHelsi" "guruhiga" yana kimlarni qo'shsak bo'ladi?


6-o'rin. "Vilyarreal"

CHempionlar Ligasi yarim finalchisi, Evropa Ligasi g'olibi. Biroq Birmingemga yo'l olgan murabbiy Unai Emerisiz qolgan ispan jamoasi — ro'yxatimizni ochib beradi. "Vilyarreal" musobaqa jadvalining o'ninchi pog'onasini band etib turibdi. CHempionatda "Atletiko" o'tgan mavsumdagi omadsizliklarni unutib, o'ziga kelyapti, "Real Sosedad" va "Betis" esa TOP-4 uchun kurashmoqda. "Vilyarreal" mashhur faxriylarga ishonch bildirgan. SHu bilan birga tarkibda sifatli o'yin ko'rsata oladigan o'rta yoshli futbolchilar bor. Biroq omad deganlari "sariq suvosti kemasi"ni tark etganga o'xshaydi.


5-o'rin. "Bayer"


"Bayer" o'tgan mavsum bo'lganidek, kuchli to'rtlikda bo'lishi kerak. Lekin CHempionlar Ligasidan chiqib ketib bo'lishdi. Bundesligada esa sal qolsa jon saqlash uchun kurashadigan bo'lishgandi. Xabi Alonso "Bayer"ni jadvalda biroz yuqorilashini taminlay oldi, ammo "dorichilar"ga stabillik etishmayapti. Evropa Ligasida "Monako"ni penaltilar seriyasida taslim qilinishi Azmun va jamoadoshlariga "Frayburg" ustidan ham zafar quchish uchun etarli emociya bera olmadi. Biroq mavsum boshida Virc, Diabi, Glojek, SHik va Demirbaydan ko'prog'ini kutishgandi. "Bayer" tomoshabop futbol ko'rsatardi, lekin bu uzoqqa cho'zilmadi.


4-o'rin. "Sevilya"

PSVga qarshi safardagi uchrashuvning oxiri nega "Sevilya" — Ispaniyada to'rtlik uchun doimiy kurashuvchi jamoa, nima uchun hozirda 14-o'rindaligiga javob bo'lgandek. Sevimli musobaqada – Evropa Ligasida, Sampaoli jamoasi Van Nistelroy shogirdlari darvozasini uch bor ishg'ol etdi. Lekin javob uchrashuvida 2 ta gol o'tkazib yubordi. Va bu bilan avvalgi stabillikdan asar ham qolmaganinida ko'rsatib qo'yishdi. "Sevilya" hozirda biz ko'rib, o'rganib qolgan kurashuvchan jamoa emas. 


3-o'rin. "Everton"

Lempard dunyodagi eng boy klublardan birida ish boshlagandi. Transferlarga sarflangan pul Klopp "Liverpul"idagi bilan taqqoslaydigan darajada edi. Natija esa — xavfli zonada o'ralashib qolgan jamoa. Yangi murabbiy Daych jamoani oxirgi 72 yilda birinchi marta quyi divizionga tushib ketishdan qutqarib qolishi mumkin, lekin mavsum alami esdan chiqishi oson bo'lmaydi. Tarkib yaxshi, lekin o'yin... Reytingimizning kuchli uchligi ham APL vakillari – chempionat murakkab, biroq bu "Everton"ga bahona bo'la olmaydi. "Vest Xem" va "Lester" yaxshi o'tgan oxirgi mavsumdan keyin keskin pasayish kuzatilyapti, lekin ushbu jamoalarda hali kambek uchun imkoniyatlari liverpulliklardan yaxshiroqdek.


2-o'rin. "CHelsi"

"CHelsi" oxirgi oylarning asosiy mavzularidan biri, Potter esa ancha oldin ishdan olinishi taxmin qilingan, ammo hali ham lavozimini tark etmagan mutaxassis. Ko'plab jihatlarda kuchli murabbiy Tuxelga chiqish eshigini ko'rsatgan "aristokratlar", Potter mo'jizasi oldida hozircha ojiz qolayotgandek. Kante va Jeyms singari muhim futbolchilarning jarohat olishi kuzatildi. Jamoaning CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatlarida muhim rol o'ynaganlarning sport formasida pasayish kuzatildi. Bu borada faqatgina Mendi va Mauntni eslash etarli bo'lmaydi. Boeli jamoaga ko'plab yangi o'yinchilarni olib kelib qo'ydi, biroq ularni jamoa sifatida harakat qilishi... Potter o'zini yo'qotib qo'ygandek, vaziyatni boshqarolmayotgandek tasavvur uyg'otmoqda. "CHelsi" jadvalning 10-pog'onasida va bazilar yakunda bundan ham yomonroq bo'lishini taxmin qilmoqda.


1-o'rin. "Liverpul"

Tasavvur qiling, avgust boshida "Liverpul" fevralning oxiriga kelib, bitta o'yin zaxirasida bo'lsada, "Arsenal"ni 21 ochkoga qo'yib yuboradi, desa ishonarmidingiz? Bugungi kunga kelib bu fakt. Arteta chempionlik kurashida, Klopp esa "Fulxem" va "Brayton" singari jamoalar bilan Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun kurashda qoqilmaslik uchun har bir o'yinda g'alaba qozonishi muhim. Bu safar kuchli to'rtlikka kirish qiyin bo'lsa kerak. Qo'shimchasiga bazilar Kloppning "omadsiz ettinchi mavsumi" haqida gapirishmoqda. Yurgen qiyin kunlardan o'tib olishga umid qilyapti. Biroq yo'lning boshida biz APL g'olibligi uchun "Manchester Siti" bilan kurashadigan, o'tgan yil ECHL finalchisi haqida gapirayotgandik.

Jarohatlar va charchoq – o'ziga xos sabablar, lekin "mersisadliklar" muxlislari nima deb yozayotganiga bir qiziqib ko'ring. Bu borada ularning fikriga istalgan ekspert qo'shiladi. "Liverpul" malum lahzalarda uyg'onmoqda, ammo asosan himoyada uxlab qolishyapti, hujumdagilar esa mudrash bilan ovvora. Yurgen uchun chinakamiga qiyin davrda turibmiz. Muhim menedjerlar uning jamoasidan qochishyapti, klub egalari esa uni sotish haqida o'ylab qolgan, shuning uchun katta transferlarga shoshilishmayapti.


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика