So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Liverpul" "Tottenxem"ga qarshi o'yinda iroda namoyish etdi va g'alaba qozondi Yangiliklar

"Liverpul" "Tottenxem"ga qarshi o'yinda iroda namoyish etdi va g'alaba qozondi

Angliya Premer-ligasi 10-tur doirasidagi "Liverpul" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Liverpul. "Enfild" stadioni

Bosh hakam: Entoni Teylor

Hakam yordamchilari: Gari Besuik, Adam Nann

Zaxira hakami: Mayk Din

"Liverpul" - "Tottenxem" 2:1

Gol: Jordan Xenderson (52), Muhammad Salah (75, P) - Xarri Keyn (1)

"Liverpul": Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Lovren, Robertson, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Mane, Firmino, Salah.

"Tottenxem": Gassaniga, Rouz, Sanches, Alderveyreld, Ore, Uinks, Alli, Eriksen, Sissoko, Son Xyon Min, Keyn.


Liverpool

Jordan Henderson - 52', Mohamed Salah - 75'

Premier League . 10-tur

27/10/2019, 21:30

1
:
2
Tugadi

Tottenham Hotspur

Harry Kane - 1'

Stadion: Anfield, 53222 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
50'  Dejan Lovren
52'  Jordan Henderson
64'  Trent Alexander-Arnold
75'  Mohamed Salah
77'  Georginio Wijnaldum (James Milner)
85'  Mohamed Salah (Joseph Gomez)
90'  James Milner
90'  Roberto Firmino (Divock Origi)
1'  Harry Kane
36'  Moussa Sissoko
37'  Danny Rose
63'  Harry Winks (Tanguy Ndombele)
72'  Tanguy Ndombele
84'  Serge Aurier (Lucas Moura)
88'  Christian Eriksen (Giovani Lo Celso)


O'YIN YAKUNLANDI

90+3. Origi o'yinga qo'shildi. U Firminoni almashtirdi.

90+1. Hakam sal oldiroq bo'lgan qo'pollikni eslab qolgan edi va hozir Milnerga buning uchun sariq kartochka ko'rsatdi.

90. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Denni Rouz bir necha futbolchilarni aldab o'tgan holda, "Liverpul" jarima maydonchasi ichida juda noaniq zarba berdi.

88. Maurisio Pochettino so'nggi o'zgarishni amalga oshirdi. Maydonni Kristian Eriksen tark etdi va uning o'rniga Jovanni Lo CHelso tushirildi.

87. So'nggi daqiqalarda faqat "Tottenxem"ning hujumlariga guvoh bo'lmoqdamiz.

85. Salah jarohat olgan ko'rinadi. Uning o'rniga himoyachi Jo Gomez tushirildi.

84. Himoyachisi Serj Ore o'rniga hujumkor Lukas Moura tushirildi. 

- Ha, bu vaziyatda Teylor adashmagandi. Mane kutilmaganda oyog'ini to'pning oldiga qo'ydi, Ore Sadioning oyog'ini tepib yubordi va penalti!

77. Zaxiradan maydonga Jeyms Milner tushirildi. U Jorjino Veynaldumni almashtirdi.

75. GOOOOOOLL! Muhammad Salah penaltini aniq ijro etgan holda "Liverpul"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

74. PENALTIII. Entoni Teylor Ore qoidani buzdi deb hisoblab penalti belgiladi.

72. Hozirgina maydonga tushgan Tangi Ndombele raqibni qo'li bilan ushlab qolgani uchun sariq kartochka oldi.

69. Aniq zarbalar ko'rsatkichi shunchaki "dahshat": 12-1. "Tottenxem" o'yinda atigi bitta aniq zarba berdi va shu zarba ham golga aylandi.

64. Trent Aleksandr-Arnold sariq kartochka oldi. U raqibini chalib yiqitgani uchun ogohlantirildi.

63. "Tottenxem" safida o'zgarish. Maydonni Xarri Uinks tark etdi. Uning o'rnida esa Tangi Ndombele harakat qiladi.

61. O'yinning davomi "Liverpul"ning hujumlar "yomg'ir"i bilan o'tmoqda. "Tottenxem" esa butun jamoa bo'lib himoyalanmoqda.

56. "Liverpul" hisobni tenglashtirib olganidan keyin ham tin olmayapti. Klopp shogirdlari "Tottenxem" darvozasi tomon ikkinchi golni urishga harakat qilishmoqda.

52. GOOOOOOOL!! "Liverpul" sardori Jordan Xenderson jarima maydonchasi ichidan bergan ajoyib zarbasi darvoza to'ridan joy oldi.

50. "Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren Harri Keynning yuziga qo'li bilan harakat qilgani uchun sariq kartochka bilan "siylandi".

49. Xavfli vaziyat! Son Xyon Min hattoki Alisson Bekerda aldab o'tdi. Ammo, koreyalik futbolchining bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi.

48. Firminoning yaqin masofadan bergan zarbasini mana bu posbon (Gassaniga) qaytardi.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi xushtak chalindi.

TANAFFUS

46. Birinchi bo'limga uchrashuv bosh hakami Entoni Teylor tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi.

41. Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Liverpul"ning to'pga egalik qilish bo'yicha yakqol ustunlikka ega bo'layotganini ko'rishimiz mumkin: 76%-24%

37. "Tottenxem"ning yana bir o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatildi. Himoyachi Denni Rouz "Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xendersonning oyog'iga zarba berib yuborgan edi va unga asosli ravishda sariq kartochka ko'rsatildi.

36. Ilk sariq kartochka Orega ko'rsatildi. U Robertson bilan bo'lgan bahsda asablarini jilovlay olmadi.

35. "Liverpul"ning tinimsiz hujumlaridan so'ng o'yinda "pauza" kuzatilmoqda. "Tottenxem" ham oldinroqqa chiqqan holda hujum tashkil etishga harakat qilmoqda.

30. Birinchi taym qahramoni so'zsiz "Tottenxem" darvozaboni. Aleksandr-Arnoldning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan kuchli zarbasini Gassaniga qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

29. Gassanigaaaa! Standart vaziyatdan so'ng jarima maydonchasi ichiga tashlab berilgan to'pga Virjil Van Deyk boshi bilan zarba berdi. Gassaniga esa super seyv qayd etgan holda, hisob o'zgarmasligini taminladi.

27. Xavfli vaziyat! "Liverpul" o'yinchilarining, ayniqsa Salahning "shporlar" darvozasi tomon bergan zarbasi xafli ko'rinish oldi. Gassaniga esa 1 daqiqa ichida 2ta seyvni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

24. "Tottenxem" ham xavfli vaziyat yaratdi. "SHporlar"ning birin-ketin bergan zarbalari noaniq ketdi va vaziyat so'nggida Keynning oyog'i jarima maydonchasi ichida to'pga birozgina etmay qoldi.

20. "Liverpul" hujumga zo'r bermoqda, "Tottenxem" esa aksincha himoyaga ko'proq ahamiyat bermoqda. Ammo, hozircha "qizillar"ning say-harakatlari behuda ketmoqda.

- "Liverpul" rasmiy "Twitter" sahifasi golga ajoyib reakciya bildirdi: 2' Gol. "SHporlar" [0-1]

14. Mersisaydliklar xavfli hujum tashkil etishdi. Jamoaning shotlandiyalik himoyachisi Endryu Robertson jarima maydonchasi ichiga kirib bordi, ammo uyog'iga shunchaki kuchsiz zarba bilan Gassaniganing qo'liga to'pni tashlab berdi.

- Bu esa Angliya terma jamoasi o'yinchisi Xarri Keynning bosh bilan bexato o'ynagan holda Alisson Beker qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilgan vaziyat.

9. O'yin hozirgi daqiqalarga kelib sal sokinlashdi. Jamoalar endi pozicion hujumga o'tishga harakat qilmoqda.

5. Tezkor goldan so'ng maydon egalari oldinga tashlanishmoqda. "Tottenxem" esa himoyada hozircha bexato o'ynamoqda. Takidlash kerakki, endigina bahsning 5 daqiqasi o'tib bormoqda.

1. GOOOOOOOOL! Nimalar bo'lmoqda. "SHporlar" hisobni ochishdi. Son Xyon Minning uzoqdan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegdi, qaytgan to'pni esa Keyn darvozaga joylab qo'ydi.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum hurmatli Championat.asia sayti o'quvchilari, bir necha daqiqalardan so'ng Liverpuldagi "Enfild" stadionida "Liverpul" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика