"Liverpul" Saloh bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda
15 iyu 2021 18:24
Yangiliklar
"Liverpul" Saloh bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda
"Liverpul" misrlik hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda. Misrlik futbolchi uchun PSJ, "Bavariya" va "Real" klublari davogarlik qilishmoqda.
"Liverpul"ning Salah bilan muzokaralari endilikda boshlandi va hali kelishuv yiroq", - deydi Romano.
Salah o'tgan mavsum "Liverpul" tarkibida barcha musobaqalarda 51ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol urishga erishdi. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar