"Liverpul" o'z tarixida ilk marta APLda qatorasiga 12 uchrashuvda g'olib chiqdi
25 avg 2019 09:55
Yangiliklar


"Liverpul" o'z tarixida ilk marta APLda qatorasiga 12 uchrashuvda g'olib chiqdi
APL 3-turida "Liverpul" o'z maydonida "Arsenal"ni (3:1) taslim etdi.
Mersisaydliklar o'tgan mavsum bilan qo'shib hisoblaganda APLda qatorasiga 12 uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi. Bu natija klub tarixida ilk marta qayd etildi, deya xabar bermoqda Opta portalining Tvitterdagi sahifasi.
Premer liga tashkil etilganidan buyon Klopp jamoasi ilk marta ushbu natijani qayd etdi. Klubningi eng uzun g'alabali seriyasi (barcha turnirlarda) ham aynan 12 uchrashuvdan iborat. Bu "seriya"ga 1990 yilda Kenni Daglish qo'l ostida erishilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar