"Liverpul" o'rta chiziqni kuchaytirmoqchi Yangiliklar

"Liverpul" o'rta chiziqni kuchaytirmoqchi

"Leypcig"ga tegishli yarim himoyachi Konrad Laymer faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.

"Sky Germany" xabariga ko'ra, "Liverpul" 25 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Mersisayd top-klubi yanvar oyida markaziy yarim himoyasini kuchaytirish niyatida. "Qizillar"ning fikricha, Laymer ajoyib variant bo'ladi. Futbolchining o'zi "Enfild"ga o'tish ehtimoli haqida ijobiy fikrda.

Xavbek uchun kurashda "Liverpul"ning asosiy raqobatchisi "Bavariya" hisoblanadi.

Laymer ushbu mavsum Bundesligada 4 ta o'yinda maydonga tushdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика