"Liverpul" "Napoli" hujumchisi uchun 70 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2019, 16:17
"Napoli" hujumchisi Lorenco Insinega "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Mersisayd klubi neapolliklarga Insine transferi uchun 70 mln. evro taklif qilgan. Ushbu kelishuvda agent Mino Rayola ishtirok etmoqda. Qizillar aynan uning yordamida taklifni Italiya klubiga etkazishdi.

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Insineni sotmoqchi emas va u uchun kamida 150 mln. evro talab qilmoqda. 27 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Reppublica