Liverpul muxlislari tufayli qattiq jazolanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
31 may 2018, 09:33
UEFA bugun Liverpul klubi borasida qaror qabul qiladi.

O'tgan mavsum YCHL 1/4 finalidan o'rin olgan Manchester Sitiga qarshi o'yindan oldin (3:0) klub muxlislari raqib jamoa avtobusiga hujum qilgandi.

Shisha idishlar va pirotexnika otish natijasida avtobus eshigi va oynasi singandi, ammo Sitidan hech kim jaroaht olmagandi. Mersisayd policiya hamon surishtiruv ishlarini olib bormoqda, ammo hozirga qadar hech kimni qo'lga olmadi.

UEFA vaziyatni ko'rib chiqib Liverpulga jarima solishi va ogohlantirishi mumkin. Eng yomon holatda qizillar YCHL-2018/19 doirasidagi ilk uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk