So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

"Manchester Siti" - Angliya Superkubogi sohibi! Yangiliklar

"Manchester Siti" - Angliya Superkubogi sohibi!

"Manchester Siti" bu yilgi Angliya Superkubogida ham g'alaba qozondi.

Angliya Superkubogi-2019. "Liverpul" – "Manchester Siti" 1:1 (penaltilar seriyasida 4:5)

Gollar: Rahim Sterling (12), Joel Matip (77).


4 avgust, 19:00, London. "Uembli" stadioni.
Bosh hakam
: Martin Atkinson

"Liverpul" - Alisson, van Deyk, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold (Matip, 67), Fabino (Keyta, 67), Xenderson (Lallana, 79), Veynaldum, Firmino (SHakiri, 79), Saloh, Origi (Oksleyd-CHemberlen, 79).

Zaxira: Simon Minole, Deyan Lovren, Nabi Keyta, Aleks Oksleyd-CHemberlen, Adam Lallana, Jerdan SHakiri, Joel Matip.

"Manchester Siti" - Bravo, Otamendi, Uoker, Stouns, Zinchenko, Bernardu Silva, Silva (Gyundogan, 61), Sterling, de Bryuyne (Foden, 89), Sane (Gabriel Jezus, 13), Rodri Ernandes.

Zaxira: Ederson Moraes, Ilkay Gyundogan, Gabriel Jezus, Serxio Aguero, Anxelino, Fil Foden, Garsiya.

YANGILASH

- "SHaharliklar" bu yil ham Angliya Superkubogiga ega chiqishdi. O'yin qahramoni shubhasiz Klaudio Bravo.

"Liverpul" - Jerdan SHakiri (Gol), Jorjino Veynaldum (Bravodan seyf), Adam Lallana (Gol), Aleks Oksleyd-CHemberlen (Gol), Muhammad Saloh (Gol).

"Manchester Siti" - Ilkay Gyundogan (Gol), Bernardu Silva (Gol), Fil Foden (Gol), Oleksandr Zinchenko (Gol), Gabriel Jezus (Gol).

PENALTILAR SERIYASI. "Liverpul" - "Manchester Siti" 4:5

- Asosiy vaqtda durang qayd etildi. G'olibni penaltilar seriyasi aniqlab beradigan bo'ldi.

94. Ajoyib seyf. Klaudio Bravo Jerdan SHakirining zarbasini qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

93. Qoyil! Kayl Uoker "Siti"ni goldan qutqarib qoldi. Salahning bosh bilan bergan zarbasi darvozagacha etib bormadi.

88. Navbat Gvardiolaga. Kevin De Bryuynening o'rniga maydonga Fil Foden tushirildi.

84. "Liverpul" futbolchisining pasi Martin Atkinsonga tegdi. Yangi qoidaga ko'ra o'yin o'sha paytdayoq to'xtatildi.

83. Bravodan navbatdagi seyf. CHililik posbon bu safar Nabi Keytaning xavfli zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

79. Klopp yana 3ta o'zgarishni amalga oshirdi. Maydonni Roberto Firmino, Divok Origi va Jordan Xenderson tark etdi. Ular o'rniga esa Jerdan SHakiri, Aleks Oksleyd-CHemberlen va Adam Lallanalar maydonga tushishdi.

77. GOOOOOOOOL! Hisob tenglashdi. Zaxiradan maydonga tushgan Joel Matip bosh bilan Bravo qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. Van Deykda bitta assist.

72. "Qizillar" ikkinchi taymda faolroq harakat qilishmoqda. Ammo, CHLning amaldagi g'oliblariga biroz omad etishmayapti.

69. Muhammad Salohning navbatdagi urinishi. Misrlik futbolchining jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasini Klaudio Bravo bartaraf etdi.

67. "Liverpul"da o'zgarish. Klopp bir yo'la ikki o'zgarishni amalga oshirdi. Joel Matip Trent Aleksandr-Arnoldni almashtirgan bo'lsa, Fabinoning o'rniga bundan buyog'iga Nabi Keyta harakat qiladi.

61. Divok Origi maydonda jarohat olib yotgandek taassurot uyg'ondi, ammo hammasi joyida va u o'yinni davom ettirmoqda.

61. Sterling yana bir golli vaziyatni yo'qqa chiqardi va juda bo'sh o'ynadi. Birga-bir chiqib borayotgan Sterlingning ortidan Van Deyk etib kelib vaziyatni bartaraf etdi.

60. "SHaharliklar" tarkibida o'zgarish. David Silva o'z o'rnini Ilkay Gyundoganga bo'shatib berdi. Sardor bog'ichi esa Kevin De Bryuynega o'tdi.

58. "Liverpul" etakchisi Muhammad Salohning bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegdi.

57. Ana xolos. Burchak to'pidan uzatilgan pasdan so'ng Virjil Van Deyk to'xtatmasdan Bravo darvozasi tomon zarba berdi. Ammo, gol bo'lishiga bir necha santimetrlar etishmadi.

50. "Liverpul" ham hujumlarga zo'r bermoqda. Ammo, "Siti" hozircha himoyada bexato o'ynamoqda.

48. Qanday vaziyat! Sterling birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. To'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

47. "Siti" ikkinchi taymni ko'tarinki kayfiyat bilan boshladi, ammo David Silvaning zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi xushtak chalindi va bahsning ikkinchi qismi boshlandi.

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda. Hozircha hech bir jamoada o'zgarish yo'q. 

TANAFFUS

46. Bahsning birinchi taymiga hakam tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. Uchrashuv bosh hakami Martin Atkinson "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning hakamlarga bo'lgan etiroziga nisbatan unga sariq kartochka ko'rsatdi.

40. "Liverpul" himoyachisi Jo Gomez xavfli tarzda David Silvaga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Martin Atkinson bu qo'pollik uchun kartochka ko'rsatmadi, bu esa "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning g'azabini keltirdi.

33. O'yindagi dastlabki sariq kartochka maydon markazida Divok Origiga qarshi qilgan qo'polligi uchun Kevin De Bryuynega ko'rsatildi.

29. Mersisaydliklarning navbatdagi muvaffaqiyatsiz urinishlari va Salohning esa 3-zarbasi ham noaniq ketdi.

24. "Liverpul"da gol urish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo'lgan edi, ammo Robertson to'pni ochilib borayotgan Firminoga emas, o'yindan tashqari holatga tushib qolgan Muhammad Salohga uzatdi.

17. Har ikki jamoaning ham hujumlari jiddiy ko'rinish olmoqda, ammo "shaharliklar" bu borada biroz ustun ko'rinmoqda.

13. "SHaharliklar" tarkibida majburiy o'zgarish. Leroy Sanening jarohati jiddiy bo'lib chiqdi va uning o'rniga maydonga Gabriel Jezus tushirildi.

12. GOOOOOOOOL! "Manchester Siti" o'yinda hisobni ochdi. Jarim maydonchasi ichida David Silva to'pni Rahim Sterlingga etkazib berdi. Angliya terma jamoasi futbolchisi esa o'yindagi hisobni ochdi.

8. "Manchester Siti" o'yinchisi Leroy Sanega nisbatan qo'pollik ishlatildi. Futbolchi maydonni oqsoqlanib tark etmoqda.

7. Mersisaydliklar ham golli vaziyatni yuzaga keltirishdi, lekin jamoa etakchisi Muhammad Salohning zarbasi noaniq chiqdi.

4. "SHaharliklar"ning dastlabki xavfli hujumi yuzaga keldi, ammo Leroy Sanening tepgan zarbasiga biroz aniqlib etishmadi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- O'yin boshlanishiga bir necha soniyalar qoldi.

- Yana bir qiziq malumot. 1967 yilgi Angliya Superkubogi o'yinida "Tottenxem" darvozaboni Pat Jennings "Manchester Yunayted" darvozasini ishg'ol qilgan.

- Bu suratda esa "Uembli" atrofidagi gavjum vaziyatni ko'rishingiz mumkin.

- Angliya Superkubogi tarixida eng ko'p gol 1911 yilda "Manchester Yunayted" hamda "Suindon Taun" klublari o'rtasidagi o'yinda kiritilgan. O'shanda "qizil iblislar" raqib ustidan yirik 8:4 hisobida g'alaba qozonishgan.

- Musobaqa 1908 yilda tashkil topgan.

- Angliya Superkubogida ishtirok etish borasida Rayan Giggz mutlaqo etakchi hisoblanadi. Uelslik bu musobaqada "Manchester Yunayted" bilan 12 marta qatnashgan.

- Bu musobaqada eng ko'p g'olib chiqqan klub "Manchester Yunayted" hisoblanadi. Klub 21 marta ushbu sovrinni boshi uzra baland ko'targan. "Liverpul" va "Arsenal" klublari esa 15 martadan Angliya Superkubogi g'olibiga aylanishgan.

- Bir necha daqiqalardan so'ng ikki jamoa mana shu sovringa ega chiqish uchun maydonda bahs olib borishadi.

- Musobaqaning amaldagi sohibi "Manchester Siti" hisoblanadi. 2018 yil 5 avgustda "CHelsi"ga qarshi o'yinda "shaharliklar" 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan va o'shanda "Siti" hujumchisi Serxio Agueroning dubli klubning tarixda 5-marta (1937, 1968, 1972, 2012, 2018) bu sovringa ega chiqishini taminlagan edi.

- Angliya Superkubogi musobaqasida yakunlangan mavsum Angliya chempioni hamda Angliya kubogi g'oliblari to'qnash kelishadi. Agar bu ikki sovrinni bitta klub qo'lga kiritgan bo'lsa, unda premer-liga g'olibi hamda vice-chempioni Superkubokda o'zaro bahs yuritadi.

- Bahs boshlanguniga qadar esa Angliya Superkubogi haqidagi malumotlarni berib boramiz.

- Assalomu alaykum hurmatli Championat.asia sayti o'quvchilari, bir necha daqiqalardan so'ng Londondagi "Uembli" stadionida "Liverpul" hamda "Manchester Siti" ishtirokida Angliya Superkubogi bahsi start oladi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика