So’nggi yangiliklar

16:42Пенальтилар қайтаришда Лунинга ким ёрдам бергани маълум бўлди  1 16:17Иродали Усмонов!  1 16:11Артета: "Биз ҳали ҳам АПЛ чемпионлиги учун курашяпмиз"  0 16:00Setanta Sports+ Спортнинг ҳақиқий мухлислари учун  1 15:10"Эл Классико"ни бошқарадиган ҳакам номи маълум бўлди  2 15:00Зафармурод Абдираҳматов: "Мусобақа энди бошланди хотиржамликка берилиш керак эмас"  7 14:42Мбаппенинг бир гапидан сўнг "Барселона" ва ПСЖ вакиллари ўртасида 60 кишилик жанжал юзага келди  4 14:25Руслан Жиянов: "Ажойиб ва рақобатдош таркиб йиғилган"  2 13:52Нойер: "Бавария" муваффақиятининг сири - интизом"  3 13:36Ўзбекистонлик ҳакамлар футзал бўйича Осиё Кубогининг 2 ўйинига тайинлов олишди  0 12:59Сака "Бавария"га қарши баҳсда: 0 зарба, 0 дриблинг, 0 аниқ кросс  4 12:40Начо: "Реал" чуқур ҳимояланиб, ғалаба қозона олишини кўрсатди. Одатда биз рақибни чидашга мажбур қиламиз"  15 12:05«Реал Мадрид» футболчиси: «Манчестер Сити» биздан кўра яхшироқ футбол ўйнади»  31 11:40«Ювентус» судда ютқазди. Энди Италия жамоаси Криштиану Роналдуга катта миқдорда товон тўлайди  7 11:23Франция вазири Килиан Мбаппенинг ПСЖдан кетиши ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  1

"Liverpul" - "Manchester Siti" adolatsiz o'tdi...mi? Yangiliklar

"Liverpul" - "Manchester Siti" adolatsiz o'tdi...mi?

Kecha APLning 12-turi doirasidagi markaziy bahs o'tkazildi.

Ko'pchilik ushbu bahsni adolatsiz tarzda o'tganini, hakam "Liverpul"ga yonbosganini takidladi. Ijtimoiy tarmoqlar, tvitter, feysbuk ham bu borada "portladi". Memlar, karikaturalar "Liverpul"ga qarshi ishladi. Xo'sh, uchrashuvda rostdan ham adolatsizlik bo'ldimi? Keling, hakamni 10 ballik tizimda baholaymiz va har bir xatosi uchun bir balldan mahrum qilamiz.

Aslida uchrashuvni 2:0 hisobi bilan boshlandi desak ham bo'ladi. O'yinning markaziyligi va bevosita chempionlik taqdirini hal qila olmasligini hisobga olsak, biror jamoaning g'alabasi hali hech nimani anglatmasligi mumkin. Aslida o'yinni "Manchester Siti" nazorat qildi, raqiblaridan ko'ra ko'proq vaziyat yaratdi. Ammo "Liverpul" raqiblarini nazorat qildi. Metin himoya va qarshi hujumlar Kloppning asosiy quroliga aylandi.

Gvardiola so'nggi ikki mavsumda chempion bo'lgani rost. Jamoa bir xil o'yin uslubi bilan chempionlikni qo'lga kiritdi. Ammo endi ispaniyalikning g'oyalari eskirdi. Bir uslubni endilikda ikki yoki uch mavsum ishlatib bo'lmaydi. Klopp o'tgan mavsumlari davomida yo'lga qo'ygan xatolarini o'rganib chiqqan va mana endi u ham o'yin uslubiga o'zgartirishlar kiritib, ketma-ket g'alabalarga erishmoqda. Xo'sh, "Manchester Siti" kechagi o'yini bilan g'alaba yoki bir ochkoga loyiqmidi? Yo'q! "Liverpul" haqli g'alabaga erishdi. 

Birinchi gol urilgan paytda barcha muxlislar Arnoldning to'pga qo'li bilan o'ynagani haqida gapirdi. Haqiqatdan ham yosh va tajribali himoyachi o'sha pallada to'p uchun qo'lini tashladi va raqibi gol urmasligini istadi. Bu videolarda yaqqol ko'rindi.

Ammo "Liverpul"ga qarshi bo'lgan muxlislar bungacha bo'lgan vaziyatni ko'rishmadi. SHu yildan futboldagi yangi qoidalar amalga tatbiq qilina boshladi. Har qanday holatda ham futbolchi raqib jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynasa, xushtak chalinishi shart! To'p atayin tegadimi yoki to'p qo'lni topadimi buning farqi yo'q.

Mayda faktorlar juda ko'p. Hakam shuning evaziga Arnoldning qo'liga tekkan to'p uchun xushtak chalmadi va oqibatda "Liverpul" tezkor qarshi hujumdan keyin hisobni ochdi. Golda hakamning xatosi bor. Silvaning qo'liga tekkanidan keyin xushtak chalinishi va erkin zarba belgilanishi kerak edi. Demak, hakamning 1 ballini olib tashlasak, 9 balli qoldi.

"Liverpul"ning ikkinchi golida esa ko'pchilik offsayd borasida shubxalandi. Gol bir qancha vaqt davomida VAR tomonidan ko'rib chiqildi va inobatga olindi. Gol televizor orqali offsayd emasligini isbot qilinguncha muxlislar nazarida turgandi. Ko'rib turganingizdek, hech qanday offsayd yo'q.

SHuningdek, ko'pchilik muxlislar mana bu vaziyatda penalti borligini aytishdi. Ha, Mane ortdan turtib yubordi. Umuman olganda penaltiga tortadigan vaziyat. Ammo bu hakamning xatosi emas. SHunchaki Sterlingning o'zi ham juda ishonchsiz yiqilib berdi. Qisqasini aytganda 50ga 50 vaziyat.

O'yin davomida "Manchester Siti"ning yaratayotgan vaziyatlariga ko'proq shohid bo'ldik. Goh Sterling, goh Aguero yaxshi vaziyatlarni ko'kka sovurdi. SHuningdek, Anxelino bir vaziyatda ustunni poyladi. Hattoki bir pallada Jezus deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi. Aytgancha Aguero ham birga bir vaziyatni golga aylantira olmadi. O'yin shunday kechdi, "Siti" muxlislari hakamni ayblashdi.

Mana bu erda Arnold Sterlingni ochiqchasiga itarib tashladi. Himoyachi qo'li bilan harakatlandi va to'pga umuman o'ynamadi. Agarda Sterling yiqilganida penalti belgilanishi mumkin edi. SHunchaki Sterling o'yinni davom ettirdi va vaziyat "Liverpul" tomonidan yumshatildi.

Lekin mana bu pallada rostdan ham penalti bor edi. Hakam xato qildi. Oradagi farq unchalik kichik emas, shunchaki Arnoldning to'pga qo'li tekkanini hakam ko'rgisi kelmadi. Rasmlar va videolarda yaqqol ko'rindi bu.

Demak, hakamning 9 ballidan 1 ballini olib tashlaymiz. Bu hattoki Gvardiolani ham g'azablantirdi. O'yin yakunlanganidan keyin hattoki ikki murabbiy ham hakamga o'z noroziligini bildirdi. Hakam o'yinni o'ldirib yubormadi. O'yinni yaxshi boshqardi, nozik vaziyatlarda penalti belgilamadi. Ammo u bu pallalarda VAR tizimini ham ishlatmadi.

Hulosa: "Liverpul" g'alabaga loyiq edi. "Manchester Siti" esa o'zining oldingidek tajovuzkoroni o'yinini ko'rsatmadi. Hakam faktorini ikkinchi masalaga o'tkazib qo'yishimiz ham mumkin. SHunchaki Gvardiola shogirdlari kecha g'alabaga loyiq emasdilar.

Mirjalol Normatov

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика