“Liverpul” Luis Suaresni “Real”ga 47 million evroga sotishga tayyor
21 noy 2013 10:05
Yangiliklar


“Liverpul” Luis Suaresni “Real”ga 47 million evroga sotishga tayyor
“Real” haligacha “Liverpul” klubi hujumchisi Luis Suaresni sotib olishga harakat qilayapti.
Mersisaydliklar 26 yoshli Urugvay terma jamoasi futbolchisini 47 million evro evaziga qirollik klubiga sotishga tayyorlar, deb xabar beradi Marca.
Manbaning xabariga ko'ra, Suares hamda “Liverpul” bilan tegishli kelishuvga erishilgan.
Biroq “Real” futbolchini qishki transferlar oynasi mobaynida sotib oladimi yoki yo'qmi nomalumligicha qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, Suares ushbu mavsum Angliya chempionatining 6 ta o'yinida ishtirok etib, 8 ta gol va 2 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar