So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  8 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  33 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  4 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

"Liverpul" - klublar o'rtasidagi JCH g'olibi! Yangiliklar

"Liverpul" - klublar o'rtasidagi JCH g'olibi!

Klublar o'rtasidagi JCH finali doirasidagi "Liverpul" va "Flamengo" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

"Liverpul" - "Flamengo" 1:0

Gol: Roberto Firmino (99)

"Liverpul": Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, Robertson, van Deyk, Keyta (Milner), Oksleyd-CHemberlen (Lallana), Xenderson, Mane, Salah, Firmino.

"Flamengo": Diego Alves, Rafinya, Filipe Luis, Mari, Rodrigo Kayo, de Arraskaeta (Vitino), Jerson (Linkoln), Everton Ribeyro (Diego), Arao, Gabriel Barboza, Bruno Enrike.


O'YIN YAKUNLANDI.

120+1. Ikkinchi qo'shimcha bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

120+1. Har ikki jamoada o'zgarish: Aran o'rniga Berrio ("Flamengo"), Salah o'rniga SHakiri ("Liverpul")

119. Xavfli vaziyat! Vitinoning jarima maydonchasi ichirgan oshirgan pasini Linkoln darvozaga aniq yo'llay olmadi.

112. Navbatdagi sariq kartochka "Flamengo" futbolchisi Diegoga ko'rsatildi.

- Firmino golni shu tarzda nishonladi.

108. Jarima maydonchasi ichida Barbozaning zarbasi ancha xavfli chiqdi, ammo noaniq.

105. Ikkinchi qo'shimcha bo'lim boshlandi.

- "Liverpul"da o'zgarish: Divok Origi Roberto Firminoni almashtirdi.

----

105+2. Birinchi ekstra taym yakunlandi.

105. Yaqindagina maydonga tushgan Milner qo'polligi sabab hakam tomonidan "siylandi".

102. "Flamengo"da ham o'zgarish: Linkoln Santosni almashtirdi.

100. "Liverpul"da o'zgarish: Keyta o'z o'rnini Milnerga bo'shatib berdi

99. GOOOOOOL!!! Firminoooo! Raqib futbolchilarining xatosidan so'ng Mane to'pni jarima maydonchasi ichida Firminoga etkazib berdi. Braziliyalik futbolchi esa himoyachilarni chalg'itgan holda Alves darvozasini ishg'ol qildi.

93. Gabriel Barboza toliqqanga o'xshamoqda. SHifokorlar uni zambilda olib chiqib ketishdi.

91. Ekstra taymlarning birinchisi boshlandi.


EKSTRA TAYM

90+9. O'yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi.

90+5. Qoyil! Rafinyaga etirozi sabab ko'rsatilgan sariq kartochka ham bekor qilindi.

90+4. VAR tufayli gol bekor bo'lmoqda. Bu vaziyatda haqiqatdan ham qoida buzilmagan edi.

90+1. Hakam penalti belgiladi. Rafinya bu erda qoidani buzgan deb topilmoqda.

90+1. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Navbatdagi sariq kartochka "Flamengo" futbolchisi Vitinoga ko'rsatildi.

86. Ajoyib zarba va seyv. Xendersonning uzoq masofadan bergan ajoyib zarbasini Diego Alves bartaraf etdi.

82. "Flamengo"da o'zgarin: Diego Everton Ribeyroni almashtirdi.

81. "Liverpul" futbolchisi Muhammad Salah qo'polligi uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

81. Eslatib o'tish kerak: "Liverpul" bu o'yinda hali aniq zarba bermadi.

77. "Flamengo"da ham o'zgarish: Vitino de Arraskaetani almashtirdi.

76. Ha, uning o'rniga Adam Lallana tushirildi.

75. CHemberlen jiddiy tarzda jarohat olganga o'xshaydi. U katta ehtimol bilan almashtiriladi.

69. Barboza qaychi uslubida Alisson darvozasi tomon zarba berib ko'rdi. Ammo, braziliyalik posbon to'pni qaytarib qoldi.

63. "Flamengo" o'yinchisi Felipe Luis maydonga biroz noqulay yiqildi. Yo'q, hammasi joyida, u o'yinni davom ettiradi. 

61. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "Flamengo" tarafida: 46%-54%

53. Barboza! Uning jarima maydonchasi ichida bergan ajoyib zarbasini Alisson qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

52. "Liverpul" ikkinchi bo'lim boshini yuqori kayfiyatda boshladi. ECHL g'olibi ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda.

47. Xavfli vaziyat! Firmino jarima maydonchasi ichida bir futbolchini chalg'itib o'tdi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

TANAFFUS

45. O'yinning birinchi bo'limiga hakam tomonidan 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. "Liverpul" jonlandi. Mersisaydliklar ham hujumlar uyushtirishmoqda. Hozircha "Flamengo" himoyasi bexato harakat qilmoqda.

35. "Liverpul" umuman hujumga o'tmayapti. "Flamengo" esa mersisaydliklarni to'p ortidan yugurishga majbur qilishmoqda. Braziliya klubi tarkibida Gabriel Barboza faolroq harakat qilmoqda.

28. "Flamengo" ustunlikni qo'lga oldi. Braziliya klubi ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda, "Liverpul" esa himoyalanmoqda.

20. So'nggi daqiqalarda braziliyaliklar ozgina faollashishdi va Alisson darvozasi tomon zarbalar yo'llashdi.

14. O'yin tempi biroz pasaydi. Jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda. Xavfli vaziyatlar esa deyarli sodir etilmayapti.

10. O'yin hozircha teng kurashlar ostida kechmoqda. Jamoalari hali darvoza tomon aniq zarba bermaganini ham qo'shimcha qilish mumkin.

5. Bu safar Nabi Keyta qulay vaziyatni ko'kka sovurdi. Jarima maydonchasi ichida to'pni egallab olgan Salah sherigini to'p bilan taminladi, ammo Keytaning zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

1. Ana xolos!!! O'yinning 40-soniyasidayoq "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoda qulay vaziyat bo'lgan edi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

1. O'yin boshlandi!

- Assalom alaykum "Championat.asia" kuzatuvchilari. Klublar o'rtasidagi JCH finali doirasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan "Liverpul" va "Flamengo" jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика