So’nggi yangiliklar

22:05Неъматилло Қуттибоев: “Четлатиш ўйин натижасига таъсир кўрсатди”  0 21:51Анвар Бердиев: “Биринчи бўлимда қийинчиликларга дуч келдик”  0 21:14Мбаппе тўланмаган маош масаласида ПСЖ билан судгача келишиб олишни истамади   2 20:45Хосе Венансио Лопес жароҳатлар ҳақида: "Бу шунчаки омадсизлик"  2 20:29Терма жамоа собиқ футзалчиси Абдулла Солиҳов: "Етакчи футзалчиларнинг йўқлиги жамоа ўйинига ўз таъсирини кўрсатмай қолмайди"  0 19:59"Ҳар сафар Салаҳ билан тўқнашиб кетганингизда деворга урилгандек бўласиз"  0 19:26Про лига. "Дўстлик"дан ишончли, "Шўртан"дан йирик ғалаба  3 19:04Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Франция ва Венгрия билан ўртоқлик ўйинлари ўтказади  1 18:28Мбаппе "Реал"га эмас, 2022 йил "Ливерпул"га ўтишига бир бахя қолган  2 17:40Винисиус: "Умидни оқламаганимни биламан"  6 16:35Роналду: "Манчестер Юнайтед" мураббийи бундай демаслиги керак"  12 15:52ЖЧ-2026 саралаши. Осиёда фақат Ўзбекистон, Эрон ва Япония йўқотишларсиз кетмоқда, гуруҳлардаги ҳолат  22 15:125 та гол ва иродали ғалаба. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон баҳсидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  3 14:45Сречко Катанец: "Биз тўлиқ маҳоратимизни намойиш этмай туриб, уч очкони қўлга киритдик. Рақиб дарвозабони ўз жамоасини учта голдан сақлаб қолди"  18 14:20Футзал. Аргентина ҳам Тошкентга етиб келди  3

"Liverpul" himoyasini qutqarish uchun kelgan Ozan Kabak haqida Yangiliklar

"Liverpul" himoyasini qutqarish uchun kelgan Ozan Kabak haqida

U ideal o'quvchi: Istanbulning eng yaxshi ilmiy maktabini tamomlagan.

Ozan Muxammad Kabak 2000 yil 25 mart kuni Turkiyaning Anqara shahrida tavallud topdi. Kabak — "Galatasaray" klubi tarbiyalanuvchisi. 2018 yilning 12 mayida Turkiya Superligasi doirasida "Eni Malatyaspora"ga qarshi bahsda debyut qildi. O'yinning ikkinchi taymi Rayan Donkning o'rniga maydonga tushgan. Ozan o'zining debyut mavsumida Turkiya chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi. 

Futbolchida Van Deykning futbolkasi bor — sovg'a!

Kuni kecha bo'lib o'tgan Ozan Kabak "Liverpul" - "Manchester Siti" o'rtasidagi bahsda zaxira o'rindig'idan joy egalladi, ammo maydonga tushmadi. 20 yoshli himoyachi "SHalke"dan yozda sotib olish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha ijara huquqlari asosida Klopp jamoasiga ko'chib o'tdi. Kabak gelzenkirxenliklarning asosiy faoli — uning transfermarkt saytidagi narxi 25 mln evro atrofida. Ha, "SHalke" — Bundesliganing bu mavsumdagi eng yomon jamoasi, biroq aynan Ozan maqtashga arzigulik iqtidor sohibi. U o'rinbosarlarsiz o'ynaydi, yakkakurashning 77 foizini (hatto o'tgan mavsum Van Deykning ham ko'rsatkichlari bundan pastroq edi). "SHalke"ning sobiq murabbiyi va Yurgenning yaqin do'sti Devid Vagner bu yigitchani Kloppga maslahat bergan.

"Devid u haqida faqat ijobiy fikrlar bildirgan, — deydi Klopp bitim imzolangandan keyin. — Deyvning aytishicha: Ozan — bo'lajak sardor va buyuk shaxs. Hozir u Turkiyaning istalgan klubida o'ynashi mumkin. Ammo u futboldagi salohiyatini rivojlantirish uchun avval "SHtutgart"ga, keyin esa "SHalke"ga o'tgan. SHunday yoshda bu katta qadam".


Kabak — haqiqatdan aqlli yigit. Turkiyaning eng yaxshi maktablaridan birida alo bahoga o'qigan

Lekin Kabak umuman "SHalke" va "Liverpul"ga o'tmasligi mumkin edi. Ozan "Silivrispor" yoshlar jamoasi safida hujumchi sifatida ham harakat qilgan. Jamoa murabbiylari "Galatasaroy" skautlarini iqtidorli yigitchaning o'yinini kuzatish uchun taklif qilishgan. Kabak esa akademiya rahbari Nedim Yigitga yoqib qoldi.

"Galatasaray"ga o'tgandan keyin esa muammolar yuzaga keldi:

"Ozanning otasi Istanbuldan 146 km uzoqlikdagi Tekirdag shahrida davlat xizmatchisi bo'lib ishlardi, — deydi Nedim. — U ochiqchasiga har kuni o'g'lini Istanbulga olib borolmasligini aytgan. Biz o'shanda javob bergandik: "Hech bo'lmasa 15 kunda bir marta olib keling, buni qilishingiz shart". 

SHunday qilib Kabak "Galatasaray" akademiyasiga kirib bordi. U erda hujumchi rolidan avval o'ng qanot himoyachisi, keyin esa markaziy himoyachi poziciyasida harakat qila boshladi. Lekin Ozanning ota-onasiga farzandi alo bahoga o'qisa kifoya edi. SHuning uchun, klub bolakayni baza yonidagi elita maktabga o'tkazishni taklif qildi. Kabak rad etdi va Istanbulning eng yaxshi ilmiy maktablaridan biriga o'qishga kirdi.

Tushunishingiz uchun: Yasan Akar ilmiy maktabiga o'qishga kirish uchun imtihonda yuqori ball to'plagan va alo bahoga o'qigan bo'lish shart etdi. Ozan bu shartlarni qoyilmaqom darajada uddaladi va o'qishga kirdi. Aytgancha, maktab bitiruvchi-futbolchisi bilan juda faxrlanadi. Ikki yil avval Kabak Istanbulga uchib bordi, jonajon maktabiga tashrif buyurib, o'qituvchilari bilan uchrashdi.

2018/19 yilgi mavsumda Kabak "Galatasaray" asosiy tarkibiga kiritildi, biroq qishdayoq 11 mln evro evaziga "SHtutgart" tomon yo'l oldi. Ertasi kuni Nedim Yigit Istanbul klubi akademiyasining texnik direktori lavozimidan istefoga chiqdi.

"U "SHtutgart"ga ketgan kuniyoq tez orada "Bavariya yoki "Borussiya"da o'ynay oladigan darajaga etishini ishongan edik", — deydi Nedim bergan intervyusida. — Kabak doim katta futbol IQsiga ega futbolchi bo'lgan. Unga nima o'rgatsangiz tez o'zlashtiradi va tez moslashadi.

2019 yil yozidan buyon Yigit "Istanbul Bashakshexir" yosh futbolchilarini tayyorlash ishlariga javob beradi. Kabak esa yarim yil ichida "SHtutgart"ga moslashib, 4 mlnga qimmatlashdi va "SHalke"ga o'tdi.


Ozan — Van Deykning muxlisi. Uyi devoriga Virjilning futbolkasini ilib qo'ygan

Ozan "Galatasaray"daligidayoq Van Deykning futbolkasi bilan suratga tushgan — bu Virjilning shaxsan golandiyalik himoyachisiga bergan tuhfasi edi. Kabakning aytishicha, sovg'a unga Gollandiyada tug'ilgan "Galatasaray" futbolchisi Omer Bayram orqali etib kelgan.

"Men Omerga Van Deykning o'yinlarini miriqib tomosha qilishim haqida aytgandim. O'shanda Bayram bolaligidan beri Virjil bilan yaqin do'st ekanini aytgan. Oradan bir necha kun o'tib qo'limga men uchun atalgan futbolka kelib tushgan. Ko'zlarimga ishonmasdim! Sovg'ani olib darhol devorga ilib qo'ydim".

Ozan 1,5 mobaynida "SHalke"da Evropaning eng istiqbolli o'yinchilaridan biri maqomiga ega bo'ldi va "Liverpul" tomon yo'l oldi. Endi u Van Deyk bilan birga o'ynashga loyiq ekanini isbotlashi uchun yarim yil vaqti bor!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика