“Liverpul” greciyalik himoyachini o'z safiga qo'shib oldi
10 avg 2020 23:26
Yangiliklar
“Liverpul” greciyalik himoyachini o'z safiga qo'shib oldi
“Liverpul” klubi rasmiy sayti “Olimpiakos”dan chap qanot himoyachisi Kontantinos Cimikas transfer qilinganligi haqida xabar berdi.
24 yoshli greciyalik futbolchi mersisaydliklar bilan uzoq muddatga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Cimikas yangi jamoasida 21-raqam ostida to'p tepadi. Transfer summasi hozircha ochiqlangani yo'q. Ilgariroq himoyachining transferi ingliz klubiga 13 millionga tushishi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Cimikas “Olimpiakos” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda Greciya chempionatining 20 ta uchrashvida maydonga tushib, 5 ta gol urdi, 4 bor ogohlantirildi.
O’xshash yangiliklar
15:51
Yurgen Klopp Muhammad Salah bilan tortishib qolgani haqida: "Biz gaplashib oldik, barchasi hal" 7
Fikrlar