"Liverpul" darvozaboni Simon Minole tanqidlar girdobida
16 jan 2016 11:10
Yangiliklar


"Liverpul" darvozaboni Simon Minole tanqidlar girdobida
Ammo bu gaplarga javoban u nohaq ayblanayotganligini takidlab o'tdi. "O'qqa tutilayotgan" “Liverpul” darvozaboni Simon Minole, joriy mavsumda o'tkazib yuborilgan gollarda nafaqat uning, balki butun jamoaning yo'l qo'yayotgan xatosi sababligini bot – bot takrorladi. Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni “Arsenal”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda 3:3 hisobi qayd etildi. Ushbu uchrashuvda Minole juda ishonchsiz o'yin namoyish etdi va “to'pchilar”ning dastlabki ikki golini muxlislar aynan uning xatosi deb hisoblashmoqda. Minolening bunday o'yniga qaramasdan “qizillar” bosh murabbiyi Yurgen Klopp darvozabon bilan yangi shartnoma imzolab hamkorlikni davom ettirishini malum qilgan. 27 yoshli darvozabon OAV va muxlislar tanqidlariga qaramasdan, o'z ustida tinmay ishlashda davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar