"Liverpul" darvozaboni Alissonning otasi o'lik holda topildi
25 fev 2021 13:00
Yangiliklar


"Liverpul" darvozaboni Alissonning otasi o'lik holda topildi
Braziliya terma jamoasi va "Liverpul" darvozaboni Alisson Beker og'ir judolikka uchradi.
Futbolchining otasi (Xose Beker) o'z hududidagi suv omboriga borgan va shundan so'ng qaytib kelmagan. Voqea joyiga qutqaruvchilar chaqirilgan, ammo kun oxirigacha Bekerning otasi topilmagan.
Uning jasadi ertalab topilgan. O'lim sababi esa hali aniqlanmadi.
Boshqa bir manbaning xabariga ko'ra esa 57 yoshli braziliyalik damda hududida suzgan va bir ozdan so'ng yo'qolib qolgan. Keyinchalik uning tanasi Rinkau-du-Infernu yaqinidagi ko'ldan topilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar