"Liverpul" "Atletiko" yarim himoyachisi uchun 40 million evro taklif qildi

Alisher
9 iyul 2021, 14:24
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Nigesda faoliyatini APLda davom ettirish varianti bor.

26 yoshli ispaniyalik futbolchining transferiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisayd klubi rahbariyati Saulning xaridi uchun 40 million evro ajratishga tayyor.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Nigesning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS