"Liverpul" asosiy transfer maqsadini belgilab oldi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2024, 12:06
"Qizillar" kelayotgan qishda bor e'tiborini qaysi futbolchiga qaratishi ma'lum bo'ldi.

"Anfield Watch" xabariga ko'ra, "Liverpul"ning asosiy transfer maqsadi – "Bornmut" chap qanot himoyachisi Milosh Kerkez.

21 yoshli vengriyalik futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 11 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 20 mln evroni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Kerkez Vengriya terma jamoasi safida 21 o'yin o'tkazib, 2 ta golli pas uzatdi. Himoyachi 19 yoshida jamoada debyut qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Anfield Watch