"Liverpul" Adrian bilan shartnomani uzaytirdi
14 iyu 2021 20:32
Yangiliklar
"Liverpul" Adrian bilan shartnomani uzaytirdi
"Liverpul" klubi o'zining rasmiy veb-sayti orqali jamoatchilikni darvozabon Adrian bilan shartnomasi uzaytirilgani to'g'risida xabardor qildi. 34 yoshli darvozabonning yangi shartnomasi shartlari va muddati oshkor qilinmagan.
Adrian mersisaydliklar tarkibiga "Vest Xem"dan 2019 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo'shilgan. Ikki mavsum davomida ispaniyalik posbon 24 uchrashuvda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 35 ta gol o'tkazib yubordi. Adrian jamoasi bilan Angliya chempioni bo'ldi, shuningdek, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempioni bo'ldi.
Yakunlangan 2020/2021 yilgi mavsumda esa golkiper barcha musobaqalarda 6 ta o'yin o'tkazgan.
Fikrlar