So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  2 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  3 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   9 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   5 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  13 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  30 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

"Liverpul" 1 - 1 "Everton". Jerrard va Jagielkadan super gollar Yangiliklar

"Liverpul" 1 - 1 "Everton". Jerrard va Jagielkadan super gollar

APLning 6-turidan o'rin olgan "Liverpul" - "Everton" uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Liverpul 1 – 1 Everton 
27 sentyabr, 16.45, Enfild 
Gollar: Jerrard 64, Jagelka 90+1.
Ogohlantirishlar: Berri 2, Jerrard 67, Moreno 90+3
Liverpul – Minole, Lovren, A.Moreno, SHkrtel, Mankilo, Lallana, Xenderson, Markovich (Kautino 60), Sterling, Jerrard, Balotelli (Lambert 88). 
Everton – Xovard, Xibbert (Brauning 73), Stounz, Jagelka, Beyns, J. Makkarti, Beshich (Eto'O 80), Miralyas (Makgidi 31), Berri, Lukaku, Neysmit.




Xakam o'yin tugagani haqida xushtak chaldi. Bugungi derbi o'z nihoyasiga etdi


90+3. Mehmolar havfli standartni amalga oshirishdi. Noaniq zarba.


-Qanotdan etkazib bergan to'pni "Liverpul" himoyachilari qaytarib yuborishgan edi, ammo orqaroqdan kelayotgan Jagielka qaytgan to'pni darvozaning o'ng tarafidagi to'qqizligiga "mixlab" qo'ydi.

91.GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!!!!!!!!! JAGIELKAAAAAAA!!!!!

90.O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi. +3

89.Bu standart naf bermadi. Biroz o'tib Beyns ham yosh bolalarning xatosini takrorladi. Autdan to'pni to'g'ri o'yinga kirita olmadi.

88. "Everton" uchun yana bir imkoniyat. Burchak to'pi.

87. O'zgarish. Maydonnni Balotelli tark etmoqda. Uning o'rniga Lambert maydonga tushdi.

85.Lambert maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

84."Everton" nimadur o'ylab topishga urinishmoqda. 

-Jerrard o'zining goli bilan mersasayd derbisining eng yaxshi to'purarisha aylandi.

82.Mezbonlarning ustozi bizni o'qiydi shekilli, jamoa yana hujumga o'tishni boshladi.

81.Minole xuddi arab darvozabonlaridek bemalol to'pni o'yinga kiritmoqda.

80.Kamerunlik futbolchi maydonga tushishi bilanoq darvozaga zarba berdi. Noaniq.

79. O'zgarish. Beshich o'rniga Eto'O.

78.Mezbonlarga bitta gol etadi shekilli.

76. Balotelli o'yin vaqtini cho'zishga urinmoqda.

74. To'p bilan mehmonlar egalik qilmoqda.

71."Liverpul" butun jamoa bilan himoyaga yotib olmoqda va to'pga egalik qilishni boshlasa "Barselona"ni eslatib yuboryapti.

70. Xavfli hujum. Lekin Xovard bir soniyaga ham to'pni ko'zdan qochirayotgani yo'q.

69. Mezbonlar qarshi hujumga o'tishmoqda.

67.Sariq kartochka. Jerrard.

67. "Everton" futbolchilari ham xuddi uyg'ongandek hujumga o'tishni boshladi.

66. Raxim Sterling chap qanotdan etkazib bergan to'pini Balotelli darvozaga to'g'irlay olmadi. 



64.ZARBAAAAAAA!!!! GOOOOLLLLLLL!!!! Jerrard jarima to'pini mohirlik bilan amalga oshirdi.

63.To'p qarshisida Jerrard va Balotelli.

62.Hiomyachilar Balotelli jarima maydonchasi oldida to'xtatib qolishdi. Xavfli standart.

61. Neysmitning zarbasi. Minole o'z joyida.





59.Balotelli raqib darvozasiga zarba berishdan charchamayapti, lekin xar doim ham bu zarbalar aniq chiqayotgani yo'q.

58.Bu jamoalar o'rtasidagi umumiy o'yinlarda hakam 20 marta qizil kartochka ko'rsatgan.

56.Sterling xar doimgidek faol. Ammo uning barcha harakatlari ham aniq chiqayotgani yo'q.

54.Balotelliga qarshi qo'pollik. Bu yigitning hozircha jahli chiqqanicha yo'q.

52.Ikki jamoaning qo'polliklari soni keskin oshdi. Lekin kartochkalar yo'q.

51.Sterling burchak to'pi ishladi. Ammo yana foydasiz. Balotelli qaychi uslubida to'pga zarba berishga urindi, o'xshamadi.

50.Ikkinchi bo'limda to'p bilan ko'proq "Everton" egalik qilmoqda.

47."Everton" o'zining o'yindagi birinchi burchak to'pinni ishlab oldi. Mezbonlar himoyasi tartibli o'ynadi.

46.Balotelli raqib jarima maydonchasida yiqilib tushdi. Ammo penalti haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas.

45.Jamoalarda o'zgarishlar bo'lgani yo'q.

Ikkinchi bo'lim.


Jamoalar tanaffusdan maydonga qaytishmoqda. Brendan Rojers Xenderson va Sterlingga ko'rsatmalar beryapti.

"Everton" safida esa ko'proq Tim Xovard ishladi.

Birinchi bo'limda muzbonlar safida Mario Balotelli, Raxim Sterling va Adam Lallana faol bo'ldi.

Birinchi bo'lim statistikasi. To'pga egalik qilish 50-50. Darvoza tomon zarbalar. 16-3. Aniq zarbalar 6-2. Burchak to'plari 7-0. Sariq kartochkalar 0-1.

Tanaffus.





45+2."Everton" so'nggi hujumini amalga oshira olmadi. Hakam xushtagini chaldi.

46. Qarshi hujum. Sterlingning to'p oshirishi o'z manziliga etib bormadi. Hujum bartaraf etildi.

45.Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi. +2.

44.Tim Xovard hozircha "Everton"ning eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi.

43.To'pni raqibdan olib qo'ygan mezbonlar qarshi hujumga o'tishdi. Sterlingning zarbasi faqat burchak to'piga aylandi xalos.

42.Balotelli yana o'sha chap qanotdan zarba berib ko'rdi. Bunday zarbalar Xovard uchun qiyinchilik tug'dirmaydi.

41.Sterlingni chap qanotdan uzatib bergan to'pini Lallana darvozaga to'g'irlab qo'ya olmadi.

41.Yana foydasiz standart.

40.Burchak to'plari bo'yicha hisob 6-0.

39. Balotelli o'z jamoasi uchun burchak to'pi ishlab berdi.

38.Futbolchilar yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib tomog'larini xo'llab olishmoqda.

37.SHkrtel maydonda yotipti. Ture esa chigal yozdi mashqlarini bajarishga kirishib ketdi.

36.Jarima maydonchasi yonginasida mezbonlar to'pni tika-taka ko'rinishida o'ynashdi, ammo bundan foyda chiqmadi.

35. Bitta shaharning ikki jamoasi xuddi do'stlarkabi to'pni bir-biriga berib o'yashmoqda.

33.Lukakuning zarbasi, juda kuchsiz zarba.

31.Xato ketidan xato. Ikkala jamoa ham to'pni oldirib qo'yishdan charchagani yo'q.

30.O'zgarish. Jarohat olgan Miralyas o'rniga Makgidi maydonga tushdi.

29.Miralyasning mushaklarida muammo paydo bo'ldi. Uning o'rniga zaxiradan futbolchi tushishi kerak.

28. Xenderson ham xuddi Balotelli kabi zarba berdi. Darvozabon hozircha ancha ishonchli harakat qilmoqda.

27."Qizillar"ning hujumlari oxiriga etmayapti.

26."Liverpul" so'nggi 15 yilda, "Enfild"da "Everton"dan mag'lub bo'lmagan ekan.

25.Beyns himoyachining xatosidan foydalanib qola olmadi.  Hujumda "Everton".

24.Balotelli chap qanotda to'pni o'ng oyog'iga to'g'irlab zarba berdi. To'p mezbonlarning biriga tegdi. Ofsayd.

22.Burchak to'pidan naf bo'lmadi.

21.Yana burchak to'pi. "Liverpul" foydasiga.

20.Raxim Sterling chap qanotdan yorib kirib to'pni jamoadoshiga etkazib berdi, ammo himoyachilar uxlab qolishgani yo'q.

19.Ko'k formadagilar to'p bilan egalik qilib o'yin tempini tushirishga harakat qilishyapti.

18.Maydon markazida Balotelli to'pni qo'li bilan o'ynadi. 

17.To'p bilan egalik qilish 44%-56%.

16."Liverpul" futbolchilari hujumlarni qanotdan uyushtirishga harakat qilishyapti, ammo himoyachilar ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashmoqda.


15.O'yin tempi bir muvozanatda emas. Bazida tez, bazida sekin.

14."Everton" sekin-astalik bilan hujumga o'tmoqda.


13.Yana bir bor burchak to'pi, endi qarama-qarshi tarafdan.

12.Mezbonlar tezlik bilan hujumga o'tishmoqda. Qanotdan jarima maydonchasiga etkazib berilgan to'pni himoyachilar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to'pi.


11."Liverpul" hujum qilishda juda faol, ammo himoyadagi xatolar jamoaga qimmatga tushishi mumkin.


10.Xovard  Lallananing bosh bilan bergan zarbasini olib chiqdi.


9.Yana Balotelli zarba berdi. Juda xavfli xarba bo'ldi. Burchak to'pi.


8.Yana jarima zarbasi. CHamasi darvozadan 30 metr uzoqlikda.

7.Mezbonlar hujum qilishda davom etishmoqda. Darvoza tomon ikki marta zarba berildi. Ikkalasi ham himoyachilarga tegdi.



6.Balotelli birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. O'yindan tashqari holat.



5.Endi hujum navbati "Liverpul"ga. Sterling chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirmay zarba berdi. Darvozabon o'z joyida.


4."Liverpul" jarima maydonchasi ichida Lukaku yiqitildi, ammo penalti yo'q.
4.Mehmonlar raqib himoyasidagi tirqishni qidirishda davom etishmoqda.
3.To'p bilan "Everton" egalik qilmoqda. 
2.Zarba. To'p jonli devorga tegib qaytdi. Hujumda yana "Liverpul".
1.Balotelli jarima to'pini amalga oshiradigan ko'rinadi.
1.Garet Barry o'z jarima maydonchasi yonginasida qoida buzdi. Xavfli standart. 


0.O'yin boshlandi.



-Bugun jamoalar o'zlarining odatiy rangdagi formalarida to'p tepishadi. "Liverpul" qizilda, "Everton" ko'kda.


-Maydonda muxlislar o'z jamoalarining qo'shiqlarini jo'r bo'lib kuylashmoqda.


-Jamoalar maydonga chiqishga tayyor turishibdi.



-Statistika. O'zaro o'yinlar soni 220ta. Bu o'yinlarning 86 tasida "Liverpul"ning qo'li baland kelgan. 68ta uchrashuvda jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishgan. Qolgan 66 o'yinda esa "Everton" g'alaba qozongan.


-Mezbonlar ham o'z natijasi bilan maqtana olishmaydi. 5ta o'yin 6 ochko va turnir jadvalida 11-o'rin.


- 6-turdan oldingi turnir jadvaliga etibor bersak, "Everton" 5 ta o'yinda 5 ochko to'plashgan va premer-ligada 14-o'rinda ketmoqda. 


-Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun "Enfild" stadionida Liverpul shahrining ikki jamoasi Angliya premer-ligasi 6 tur doirasida to'qnash kelishadi.




- Uchrashuv soat 16:45da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика