So’nggi yangiliklar

13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  0 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  0 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   1 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  18 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  26 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  8

"Nasaf" kumush medalni "oltin g'alaba" bilan nishonladi Yangiliklar

"Nasaf" kumush medalni "oltin g'alaba" bilan nishonladi

Teglar :  NasafPaxtakor
Oliy liganing 29-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin.



Nasaf

Bobir Abdixoliqov - 43', Dragan CHeran - 60', Bahrom Abdurahimov - 77', Dragan CHeran - 90'

Oliy liga. 29-tur

19/11/2017, 14:00

0
:
4
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
27'  Akmal Shorahmedov
43'  Bobir Abdixoliqov
60'  Dragan CHeran
64'  Bobir Abdixoliqov (Islom Kenzhaboev)
77'  Bahrom Abdurahimov
79'  Jasur Hasanov O (Maqsud Karimov)
89'  Aziz G'aniyev (Dilshod Rahmatullayev)
90'  Dragan CHeran
27'  Marko Simich
30'  Sherzod Karimov
59'  Sherzod Karimov (ZHasur YAxshiboev)
59'  Gidi Kanyuk (Sukhrob Nurulloyev)
77'  Marko Simich (Sherzod A’zamov)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



"Nasaf" rasman kumush medal sohibi!

Uchrashuv yakunlandi!


90` GOLLLLLLLLLLLLLL! DRAGAN CHERAN! "NASAF" - "PAXTAKOR" 4:0!

Uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

"Nasaf" tarkibida yana bir o'zgarish. Aziz G'aniev o'rniga Dilshod Rahmatullaev maydonga tushdi.

85` "Paxtakor" to'pni nazorat qilmoqda. Ammo Quvvatov darvozasi oldida ular hech qanday xavfli hujum sodir eta olishmayapti.


O'yin tugashi oldidan shuni aytish mumkinki, bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi so'zsiz - Akmal SHorahmedov.

80` "Paxtakor" safida tushunarsiz o'zgarish. Marko Simich o'rniga SHerzod Azamov. Arveladze aftidan hisob yiriklashib ketishidan cho'chimoqda. To'g'ri qaror deyish mumkin, chunki bugun "Paxtakor" himoyasi va darvozaboni ancha bo'sh o'ynamoqda.

"Nasaf" bugun yaqqol "Paxtakor"dan ustunlik qilmoqda. Arveladze Berdievning taktik chizgilariga qanday javob berishni o'ylamoqda. Ammo hozircha javobni izlamoqda, topgani yo'q...


77` Aleksandr Lobanovdan kulguli gol! Lobanov to'p bilan Abduraximovni aldayman degan bir paytda Bahrom Abduraximov to'pni darvozaga yo'naltirdi. Lobanov hayron, Arveladze ham hayron bo'lsa kerak... Juda kulguli gol.

74` Aziz G'anievning jarima zarbasidan tepgan to'pi to'sin yonginasidan o'tib ketdi.

72` CHeranga nisbatan qoida buzildi. "Nasaf" jarima zarbasini amalga oshiradi. Xavfli nuqta.

71` Yaxshiboev ajoyib o'ynamoqda. "Nasaf" safida ham zaxiradan maydonga tushgan Kenjaboev ham ancha faol.

70` Jasur Yaxshbioev maydonga tushishi bilan "Paxtakor" o'yini yaxshilandi.

Bugungi o'yinga 18574 nafar ishqiboz tashrif buyurilgani elon qilindi.

67` "Paxtakor" legioneri Tiago Bezerra ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Bezerra Quvvatov darvozasini ishg'ol eta olmadi.

65` Hozirgina maydonga tushgan Islom Kenjaboev avvaliga Iskanderovni, keyinchalik esa Simichni osonlik bilan aldab o'tdi. Ammo uning tepgan to'pi biroz noaniq ketdi.

"Nasaf" tarkibida ham o'zgarish ruy berdi. Bobir Abdixoliqov o'rniga Islom Kenjaboev maydonga tushdi.

"Paxtakor"da o'zgarish: Gidi Kanyuk o'rniga Jasur Yaxshiboev va SHerzod Karimov o'rniga Suhrob Nurulloev maydonga tushdi.

61` O'yin tobora qizib bormoqda. "Nasaf" ikkita to'p farqi bilan g'alaba qozonmoqda. "Paxtakor" esa uchta gol urishi kerak, aks holda kumush medalidan mosuvo bo'ladi.


60` GOLLLLLLLLLLL! DRRAGAN CHERAN! CHeran to'pni boshqa tarafga, Lobanov esa umuman boshqa tarafga sakradi. Natijada gol!

57` Xojiakbar Alijonov jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun hakam penalti belgiladi.

55` "Nasaf"ning tezkor hujumi ancha xavfli tus oldi. Bobir Abdixoliqov uchrashuvdagi dublini nishonlashi mumkin edi. Ammo u Hasanov oshirib bergan to'pga etib kelolmadi.

52` Maydonda bahsli holat. Futbolchilar o'zaro tortishib qolishdi.

50` CHeran tepgan to'p jonli devorga tegib qaytdi.

49` Bahrom Abduraximovga nisbatan qoida buzildi. "Nasaf" xavfli nuqtadan jarima zarbasini amalga oshirish imkoniyatiga ega. To'p oldida CHeran va G'aniev turibdi.

48` "Nasaf" himoyachisi Umar Eshmurodov "Paxtakor"ning xavfli tus olayotgan hujumini bartaraf etishga erishdi.

46` Ikkinchi taym boshlandi!

Tanaffus! Birinchi bo'limda "Nasaf" g'olib! Berdievning taktik chizgilari oldida Arveladze hozircha ojiz.

45` Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43` GOLLLLLLLLLLLLLL! BOBIR ABDIXOLIQOV! Akmal SHorahmedovning faolligi bilan boshlangan hujumda "Nasaf" "sherlar" himoyasini yorib o'tdi. Bahrom Abduraximovdan ajoyib to'p uzatma va Bobir Abdixoliqov Lobanov qo'riqlayotgan darvozani o'zining aniq va kuchli zarbasi bilan nishonga oldi - 1:0.

42` Igor Sergeevning to'p uzatishidan so'ng Tiago Bezerra uzoqdan Quvvatov qo'riqlayotgan darvozaga zarba yo'lladi. "Nasaf" posboni o'z o'rnida.

38` "Paxtakor" futbolchisi Tiago Bezerra hujum paytida to'pga birinchi bo'lib egalik qilgan Sanjar Quvvatov bilan to'qnashib ketdi. "Nasaf" golkiperiga tibbiy yordam ko'rsatildi.

35` "Paxtakor" hujumga o'tdi. Burchak to'pidan keyin Dragan CHeran o'z jamoasi darvozasi oldida vujudga kelgan xavfni bartaraf etdi.

32` So'nggi besh daqiqada ustunlik "Nasaf" tarafiga ko'chdi. Sayfiev o'z qanotidan tashkil etilgan hujumni besamar yakunladi. Uning tepgan to'pini Lobanov ortiqcha qiyinchiliksiz ushlab oldi.

30` Farruh Sayievga nisbatan qo'pol harakati uchun SHerzod Karimov sariq kartochka bilan siylandi

29`Maydonda keskin kurash avj olmoqda... O'yinning ichki dinamikasi ancha yuqori

27` Maydonda futbolchilar o'zaro tortishib ketishdi. Marko Simich va Akmal SHorahmedov esa hakam tomonidan ogohlantirildi.

24` Dragan CHeran Jasur Hasanovni birgina pasi bilan ajoyib vaziyatga chiqarib yuborgandi. Yon hakam bu vaziyatda bayroqchasini ko'tarib offsayd qayd etdi

19` O'yin tempi biroz pasaygandek. Jamoalar raqibni qarshi hujumda ushlash rejasi bilan o'ynashayotgandek...

16` "Nasaf" jarima zarbasini amalga oshirdi. SHorahmedovning ko'targan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

14` Har ikkala jamoa tashabbusni qo'lga olish uchun kurashmoqda...

11` O'yin tobora juda keskin va shiddat olib bormoqda...

9` Uhhhhh! "Nasaf"dan ajoyib javob! Ammo bu ham golsiz. Bobir Abdixoliqov Dragan CHeranga qulay vaziyatda to'pni oshirdi. Dragan tepgan to'p esa darvoza to'siniga tegib qaytdi. "Paxtakor"ni darvoza to'sini goldan saqlab qolmoqda...

8` Dahshatli o'yin!!!!!!!! "Paxtakor"da hisobni ochish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi. 3ga 1 vaziyatga chiqib borgan mehmonlar qulay imkoniyatni ko'kka sovurishdi. Kanyuk birga-bir vaziyatda Quvvatovni dog'da qoldira olmadi. Sanjar Quvvatov jamoasini muqarrar goldan qutqardi!

7` Maydonda juda keskin kurash kechmoqda.

5` "Paxtakor" hujumga o'tdi. Burchak zarbasini ishlab olgan mehmonlarning ushbu standart bo'lgan urinishlari zoe ketdi.

4` "Nasaf" jarima zarbasini amalga oshirdi. Jasur Hasanovning to'p oshirishidan keyin "Paxtakor" futbolchilari xavfni bartaraf etishdi.

2` "Nasaf" dastlabki daqiqalardanoq o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda.

O'YIN BOSHLANDI!

- Jamoalarni kutib olayotgan "Markaziy" stadion larzaga kelmoqda...

- Diqqat qilamiz! Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga tushib kelishmoqda...

- "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlash uchun Toshkentdan 1000dan oshiq ishqibozlar tashrif buyurishgan va o'zlari uchun ajratilgan sektorlar allaqachon joy olishgan.

- Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashqlarini tugatishdi va kiyinish xonasiga yo'l olishdi. Yana bir ozdan so'ng o'yinga start beriladi.

- Maydon holati ajoyib. Havo ham ayni futbol o'ynaydigan. Har ikkala jamoa tarkibida yo'qotishlar yo'q. Bugungi uchrashuvda chiroyli va yorqin o'yin ko'rsatish uchun jamoalarda barcha narsa tayyor. Hech qanday baxona yo'q.

- Jamoalar bugun bir xil taktik sxemada, yani 4-2-3-1 ko'rinishida maydonda harakat qilishadi.

- Stadion muxlislar bilan deyarli 75% to'lib bo'ldi.

- Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda "katta o'yin"! O'rtaga kumush medali va OCHLga yo'llanma masalasi qo'yilgan! Ushbu chipta va kumush medal taqdiri katta ehtimol bilan bugungi bahsda hal etiladi. Ushbu "yil o'yini" deya tariflanayotgan uchrashuvdan onlayn translyaciya uyushtiramiz. Demak ajoyib to'qnashuvni biz bilan birgalikda kuzating!

- O'yin soat 14:00da boshlanadi.


“Nasaf” (Qarshi) – “Paxtakor” (Toshkent) 4:0
Hakamlar: 
Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), SH. Rajabov (Buxoro).

Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Gollar: Bobir Abdixoliqov (43), Dragan CHeran (60-penaltidan, 90), Bahrom Abduraximov (77)

PFL vakili: B. Haydarov

"Nasaf": Sanjar Quvvatov, Akmal SHorahmedov (s), Azizjon G'aniev, Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Farrux Sayfiev, Bobur Abduxoliqov, Dragan CHeran, Jasur Hasanov, Umar Eshmurodov
Zaxira: Umidjon Ergashev, Maqsud Karimov, Dilshod Rahmatullaev, SHahboz Erkinov, Islom Kenjaboev, Islom Rashidxonov, Saydullo Rahmatov

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Marko Simich, Kamoliddin Tojiev (s), Xojiakbar Alijonov, Rostin Griffits, Jamshid Iskanderov, Tiago Bezerra, SHerzod Karimov, Gidi Kanyuk, Igor Sergeev
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Azim Ahmedov, Suhrob Nurullaev, Jasur Yaxshiboev, Davron Hoshimov, SHerzod Azamov, Zabihillo O'rinboev

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика